Iqtisod

Rossiya Oʻzbekistonga neft yetkazib berish boʻyicha taklif tayyorlaydi

© Sputnik / Boris Babanov / Fotobankka oʻtishNeft qazib olish
Neft qazib olish - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya energetika vaziri oʻrinbosari Kirill Molodtsov mamlakatlar oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish yoʻlini topishlarini bildirdi

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekistonning mutasaddi tuzilmalari mart oxiriga qadar respublikaga Rossiya neftini yetkazib berishning samarali mexanizmini yaratish boʻyicha takliflarini tayyorlaydi, deb xabar berdi RIA Novosti Rossiya energetika vaziri oʻrinbosari Kirill Molodtsovning soʻzlariga tayanib.

"Biz "Oʻzbekneftegaz" bilan hamkorlikda Oʻzbekistonga neft yetkazib berish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishimiz lozim… Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish yoʻlini topamiz", — dedi u Toshkentda boʻlib oʻtgan iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya majlisi yakunlaridan kelib chiqib.

Molodtsov SSSR davrida quvurlarning texnologik imkoniyati Oʻzbekistonga yiliga 7-9 million tonna neft yetkazib berishga yetganini aytdi.

"Hozirda quvurlar tizimining texnik holati haqida aniq fikr aytish qiyin, chunki chegaralarimiz umumiy emas. Bu masalani Qozogʻiston bilan hal qilish lozim va shu yoʻnalishda ish olib boriladi", — dedi vazir oʻrinbosari.

Neftni qayta ishlash majmuasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya Oʻzbekistonga bojsiz neft yetkazib berolmasligini bildirdi

Uning aytishicha, hozirda Oʻzbekistonga neftni temir yoʻl transporti orqali yetkazib berish iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi, shuning uchun buning boshqa yoʻlini topishga toʻgʻri keladi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2012 yilga kelib Oʻzbekistonda suyuq uglevodorod qazib olish 2,2 baravarga, xom neft qazib olish 2, baravarga kamaygan. Mavjud konlardagi zaxiralarning kamayishi sababli neft va gaz kondensati qazib olish pasaymoqda va bu neftni qayta ishlash zavodlari faoliyatiga taʼsir koʻrsatmoqda.

Respublikadagi uchta — Buxoro, Fargʻona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlarining umumiy quvvati yiliga 11,12 million tonnani tashkil etadi, lekin ayni paytda ular 60% ishlab chiqarish quvvati bilan ishlamoqda. Natijada respublikada keyingi yillarda benzin va boshqa neft mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala