Iqtisod

"Rostex" korporatsiyasi Oʻzbekistonga tibbiyot uskunalari borasida yordam beradi

Zamonaviy tibbiyot uskunalari, jumladan kardiologik skrining tizimi, neonatal qurilmalar, chaqaloqlar uchun inkubatorlar, ingalyatsiya texnikasi, turli vaktsina va dori vositalarini chiqarishga alohida eʼtibor qaratish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va "Rostex" davlat korporatsiyasi fuqarolik yoʻnalishi boʻyicha sanoatning yuqori texnologiya sohalarida hamkorlik qilish haqida memorandum imzolashni rejalashtirmoqda, dedi Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Rustam Azimov Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi yigʻilishida.

Uning soʻzlariga koʻra, hujjatda Oʻzbekistonda metalni qayta ishlash stanoklari, uskunalar va texnologik jihozlarni keng turda ishlab chiqarish borasida tomonlar hamkorligi koʻzda tutilgan.

Zamonaviy tibbiyot uskunalari, jumladan kardiologik skrining tizimi, neonatal qurilmalar, chaqaloqlar uchun inkubatorlar, ingalyatsiya texnikasi, turli vaktsina va dori vositalarini chiqarishga alohida eʼtibor qaratish rejalashtirilgan.

tugʻruqxona - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston shifoxonalariga Rossiyaning "Shvabe" tibbiyot texnologiyalari keltiriladi

"Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishiga ishonchimiz komil. Oʻzbekiston "Rostex" davlat korporatsiyasidan oʻzaro loyihalarni moliyalashtirish va Rossiya moliya tashkilotlari — "Rossiya eksport markazi" va uning tarkibiga kiruvchi "Eskar" AJ va "Roseksimbank" AJning mablagʻlari jalb etiladigan shartnomalar borasida aniq takliflarni kutadi", — dedi Azimov.

Bugungi kunda Rossiya Oʻzbekistonning eng yirik investitsion sherigi boʻlib turibdi. 2015 yilda Rossiya Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 700 million dollar atrofida investitsiya kiritgan. 2016 yil boʻyicha maʼlumotlar hozircha eʼlon qilinmagan.

Birgina "Lukoyl" kompaniyasining Oʻzbekistondagi faoliyati davomida kiritgan investitsiyalari 5,5 milliard dollardan, "VimpelKom" kompaniyasiniki 1 milliard dollardan ortiq boʻldi, "Gazprom" investitsiyalari miqdori 400 million dollarni tashkil etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala