Jamiyat

Toshkentdagi MGU filialida magistratura ochilishi mumkin

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishTalabalar
Talabalar - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Rossiyaga Toshkentdagi MGU filialida amaliy matematika va informatika boʻyicha magistratura ochishni taklif qildi

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya taʼlim sohasidagi hamkorlikni sezilarli ravishda kengaytirishi mumkin, dedi bosh vazir oʻrinbosari Rustam Azimov Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi majlisida.

Oʻzbekiston tomoni Rossiyaga Toshkentdagi Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MGU) filialida amaliy matematika va informatika boʻyicha magistratura, keyinchalik esa tabiiy fanlar boʻyicha yangi fakultetlar ochishni taklif qildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonlik 10 nafar talaba Rossiya universitetida tajriba almashmoqda

"Biz taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish borasida ulkan istiqbolga egamiz. Hozirda Oʻzbekistonda Rossiyaning uchta yetakchi oliy oʻquv yurtlari filiallari muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Biz hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz, Oʻzbekistonda uchta yoʻnalish: qora va rangli metallar, togʻ ishi va geologorazvedka boʻyicha ilmiy-tadqiqot texnologiya universiteti filialini tashkil etishni taklif qilamiz", — dedi Rustam Azimov.

Bundan tashqari, bosh vazir oʻrinbosarining fikriga koʻra, hamkorlikning ushbu yoʻnalishini rivojlantirishda Gubkin nomidagi Rossiya davlat universiteti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot universiteti oʻrtasida tuzilgan birgalikda taʼlim dasturlarini amalga oshirish haqidagi shartnoma muhim rol oʻynaydi.

Bugungi kunda Rossiya oliy oʻquv yurtlaridagi talabalar soni boʻyicha Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida yetakchilardan hisoblanadi. Ularning umumiy soni 17 mingdan oshadi. Oʻtgan yilning oʻzida Oʻzbekistondan 4 mingdan ortiq abituriyent Rossiya oʻquv yurtlariga oʻqishga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala