Jamiyat

"Yevrotsement grup" Oʻzbekistonda zavod quradi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishRabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda
Rabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi korxona, shuningdek, eksport uchun moʻljallangan magnezitli gʻisht va boshqa zamonaviy qurilish mollari ishlab chiqarishni ham rejalashtirgan.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiyaning "Yevrotsement grup" korxonasi va "Oʻzqurilishmollari" aktsiyadorlik jamiyati "Ohangarontsement" asosida yangi zavod qurilishi haqida "istaklar protokoli" imzolashdi, RIA Novosti xabariga asosan.

2020 yilga qadar yiliga 2,4 million tonna tsementni quruq uslubda ishlab chiqaradigan yangi zavod qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

Protokol "Yevrotsement grup" korxonasi prezidenti Mixailom Skoroxod va "Oʻzqurilishmollari" rahbari Botirom Zaripov tomonidan, hukumathlararo komissiya majlisida imzolandi.

"Ushbu korxona ishga tushishi natijasida respublikada tsement ishlab chiqarish hajmi yiliga 4 million tonnadan, mehnat samaradorligi 3,5 baravar atmosferani bulgʻash 2,5 baravarga kamaytiriladi", — dedi Skoroxod RIA Novosti muxbiriga.

Beton ishlab chiqarish ishlari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Turkiya kompaniyasi Oʻzbekistonda qiymati 225 mln $ boʻlgan tsement zavodi quradi

Eslatib oʻtamiz, 2006 yilning avgustida "Yevrotsement grup" Shveytsariyaning Zeromax GmbH kompaniyasidan "Ohangarontsement" aktsiyalarining 75,6% ni sotib olgan edi. Ayni damda Rossiya korxonasi "Ohangarontsement"ning 83,92% aktsiyasiga ega.

"Ohangarontsement" 1961 yilda tashkil qilingan boʻlib Oʻzbekistonda ikkinchi yirik tsement zavodi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati 1,8 million tonna tsementni tashkil qiladi.  2016 yil natijalariga koʻra korxona tsement ishlab chiqarishni 5,2 %ga oshirgan.

Tsement — tabiiy qurilish mahsuloti emas. Uni ishlab chiqarish koʻp energiya talab qiladigan qimmatbaho jarayon. Tsement — eng ommaviy qurilish materiali, bugungi kunda birorta ham qurilish tsementsiz bitmaydi. Tsement zavodlari, odatda, xom ashyo qazib olinadigan joyning oʻzida quriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala