Jamiyat

Oʻzbekistonda jurnalistlar uchun axloq kodeksi ishlab chiqilmoqda

© Sputnik / StringerVideokamera
Videokamera - Sputnik Oʻzbekiston
Kasb axloq kodeksi jurnalistga nafaqat majburiyat va masʼuliyat yuklashi, balki unga erkinlik va imkoniyat ham berishi kerak, - degan fikrda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Saʼdulla Hakimov

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda jurnalistlarning kasb axloq kodeksi ishlab chiqilmoqda, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Jurnalistlar kasb taqozosiga koʻra barcha sohalarning ichiga kiradi, maʼlumot oladi, surishtiruv oʻtkazadi, oʻz munosabatini bildiradi, ommaga tarqatadi. Sohalar rivoji, islohotlar natijasini yoritish bilan birga kamchiliklarni fosh etadi, aybdorlarni tanqid ostiga oladi. Bu ulardan ulkan masʼuliyatni, yuksak maʼnaviyatni talab etadi.

Shoir Muhammad Ismoil - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Muhammad Ismoil: "Matbuot faol ishlaganda, virtual qabulxonaga hojat yoʻq edi"
Oʻzbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va ommaviy axborot vositalari tomonidan ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston jurnalistlarining kasb axloq kodeksida ana shu talablar oʻz ifodasini topadi.

YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasida mazkur kodeks loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, axborot agentliklari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

— Koʻplab mamlakatlarda jurnalistlarning kasb axloq kodekslari ishlab chiqilgan, — dedi YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat. — Albatta, har bir kodeks oʻziga xos xususiyatlarga ega, lekin ularning asosiy tamoyillari deyarli bir xil: xolislik va haqqoniylik, betaraflik, halollikka amal qilish, axborotning ishonchliligini taʼminlash, axborot manbalarining maxfiyligini saqlash, inson huquq va erkinliklari, shaxs qadr-qimmatini hurmat qilish. Ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganib, oʻzbek milliy jurnalistikasi uchun axloq kodeksini yaratish soha rivojiga sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Kodeks loyihasi jurnalistning kasb majburiyati, ijtimoiy masʼuliyati, halollik va betaraflik, axborotning ishonchliligi va xolisligi, axborot manbalari va ularning maxfiyligi, inson huquq va erkinliklari, shaxs qadr-qimmatini hurmat qilish, halol raqobat, jurnalistlarning kasb faoliyatini himoyalash, jurnalist etikasi printsiplari va normalarini buzganlik uchun javobgarlikni oʻz ichiga oluvchi toʻqqiz boʻlimdan iborat.

— Kasb axloq kodeksi jurnalistga nafaqat majburiyat va masʼuliyat yuklashi, balki unga erkinlik va imkoniyat ham berishi kerak, — dedi Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Saʼdulla Hakimov. — Shu nuqtai nazardan loyihani yanada takomillashtirish, soha mutaxassislarining taklif va tavsiyalarini chuqur oʻrganish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Davra suhbatida soha vakillari oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashgan. Loyihani takomillashtirish boʻyicha takliflar bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala