Jamiyat

Kichik tadbirkorlarga bankdan kredit olish osonlashdi

© Pixabay / antonin77Kelishuv
Kelishuv - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fond kichik tadbirkorlik subʼyektlariga beriladigan bank kreditlarining garov bilan taʼminlanmagan qismi uchun kreditning 50 foizigacha taʼminot ajratadi

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Prezidentning qarori bilan Oʻzbekistonda Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat fondi tashkil etildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Aktsiyadorlik jamiyati koʻrinishidagi mazkur fondning asosiy taʼsischisi Raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boʻlib, Banklar assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda qator yirik banklar va sugʻurta kompaniyalari aktsionerlar qatoridan joy olgan.

"Bugungi kunda kichik tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan bank kreditini olishda mavjud boʻlgan asosiy qiyinchiliklardan biri bu garov taʼminotini yetarli darajada taʼminlash boʻlib, bu hol ayrim tadbirkorlar uchun bank kreditlaridan foydalanish imkoniyatini cheklamoqda", — deyiladi xabarda.

Kafolat fondi tadbirkorlarga ushbu masalada yaqindan yordam berishi koʻzda tutilgan. Fond kichik tadbirkorlik subʼyektlariga beriladigan, umumiy summasi 100 ming AQSH dollaridan oshmaydigan bank kreditlarining garov bilan taʼminlanmagan qismi uchun kreditning 50 foizigacha taʼminot ajratadi.

Kafolat fondi bundan tashqari, kichik tadbirkorlik subʼyektlariga kredit olish boʻyicha maslahatlar beradi hamda yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashadi.

Yangiliklar lentasi
0