Hodisalar

Ehtiyot boʻling! "Oʻlim guruhlari" Toshkentgacha yetib keldi

© Sputnik / Ptitsыn / Fotobankka oʻtishKompyuter oʻyinlarini yaxshi koʻradigan bolakay
Kompyuter oʻyinlarini yaxshi koʻradigan bolakay - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻsmirlarni oʻz joniga qasd qilishgacha olib boradigan "Koʻk kitlar" deb nomlangan oʻyin Toshkentgacha yetib keldi. Internetdagi ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda bu xavfli oʻyindan ehtiyot boʻlishga chaqiruvchi ogohlantirishlar tez-tez koʻzga tashlanmoqda

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. "Koʻk kitlar" deb nomlangan xavfli oʻyin sobiq Ittifoq davlatlari orasida keng tarqalmoqda.

2016 yilda Rossiyada 720 nafar, Qirgʻizistonda 95 nafar va Qozogʻistonda 33 nafar oʻsmirlar shu oʻyin tufayli oʻz joniga qasd qilishgan. (Tekshiruv natijasida oʻsmirlarning Rossiyada 15 nafari, Qirgʻizistonda 10dan ortigʻi va Qozogʻistonda 16 nafari ijtimoiy tarmoqlardagi "oʻlim guruhlari" aʼzosi boʻlgani aniqlangan).

Smert s kosoy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ehtiyot boʻling, “oʻlim guruhlari” bolalarga xavf solmoqda!
#koʻk kit, men oʻyindaman, meni soat 4:20da uygʻot va hokazo xeshteglarini chop etgach, oʻsmir maʼlum vaqt oʻtib "kuratorlar"dan topshiriqlar, turli boshqotirmalar ola boshlaydi. Avvaliga oʻsmirga ularga yechim topish qiziqdek tuyuladi. Oʻyinchidan avvaliga qoʻliga koʻk kitning rasmini chizishni soʻrashadi, keyingi topshiriq esa tanadan piska (lezviye) yordamida koʻk kitning suratini kesib olish boʻladi.

Oʻyin ishtirokchisi har bir bajarilgan topshiriqni suratga olib, dalil tariqasida "kuratorga" yuboradi. Soʻnggi topshiriq esa oʻz joniga qasd qilish boʻladi. Agar oʻsmir ushbu topshiriqni bajarishdan bosh tortsa, "kuratorlar" unga ota-onasi va yaqinlarini oʻldirish bilan tahdid qilishni boshlaydilar. Hali ruhiyati chiniqmagan oʻsmir, oʻyin boshlashdan oʻz "oʻljasini" obdon oʻrgangan va uning nozik tomonlarini payqab olgan oʻyin moderatori taʼsiriga tushib qoladi.

Oʻtish davrida qaysi oʻsmirda muammolar boʻlmaydi deysiz? Baʼzan butun dunyo ularga qarshidek, ota-onalari ularni tushunmayotgandek, maktab esa faqat muammolardan iboratdek tuyuladi ularga.

"Oʻlim guruhlari" — ular kim?

OAVda "oʻlim guruhlari" deb nom olgan bunday guruhlar odatda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib asosan maktab yoshidagi bolalarni jalb qiladi. Guruhlar tajribali psixiologlar tomonidan boshqarib boriladi.

Ijtimoiy tarmoqda "oʻlim guruhi" tashkil qilgan kishi qoʻlga olindi Kasimov Qozogʻistonda faoliyat yuritgan ana shunday guruhlardan ikkitasining nomini tilga oldi: "Koʻk kit" (Siniy kit) va "Tinch uy" (Tixiy dom). Ushbu guruhlar oʻz faoliyatini oʻyin sifatida olib borgan. Guruh aʼzolari turli topshiriqlar bajarib uni videoga olishi va guruhda namoyish qilishlari kerak boʻlgan. Masalan, tez ketayotgan avtomobil oldidan soʻnggi damda yugurib oʻtish kabi…

Internetda haydovchilar bir necha bor shunday voqeaning guvohi boʻlishgan ekan. Bu oʻyinlarda bosqichma-bosqich “topshiriqlar” murakkablashtirib boriladi va eng oxirgi topshiriq oʻz joniga qasd qilish boʻlar ekan. Vazir xabariga koʻra “oʻlim guruhlari” bilan kurashishda maʼlum qiyinchiliklar bor, chunki guruh boshlovchilarining koʻpi chet eldan turib faoliyat yuritmoqda.

Jumladan, «VKontakte» Rossiyada, Facebook va Instagram esa AQShda joylashgan. Ayni damda Qozogʻiston IIV tomonidan ularni texnik blokirovka qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Oʻtgan yil davomida Qozogʻiston huquqni saqlash organlari tomonidan ushbu kabi jinoyatlar uchun 44 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, 16 nafar bola qurbon boʻlgan.

Mutaxassis maslahati

Hozirgi texnik taraqqiyot zamonda xavf-xatar kutilmagan tuynuklardan kirib kelmoqda. Yoshligida kompyuter oʻynamay, internet nimaligini bilmay katta boʻlgan ota-onalar bugungi kunda Internetda qanday xavf-xatar yashiringani tasavvur ham qila olmaydi.

Dor - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqda "oʻlim guruhi" tashkil qilgan kishi qoʻlga olindi
Oʻzi kun uzun ishda, bolasi esa qoʻlida telefon bilan yoki kompyuter yonida yolgʻiz qolsa, xoxlagan saytiga kirishi, xoxlagan guruhlarga aʼzo boʻlishi mumkin. Oʻz farzandini ana shunday xavflardan asrash uchun ota-ona uning smartfon va planshetida qanday oʻyinlar oʻynayotganini, ijtimoiy tarmoqlarda kim bilan muloqot qilayotganidan xabardor boʻlib turish oʻta mumhim. Eng yaxshisi, bolani imkon qadar koʻproq mashgʻulotlar bilan band qilish kerak-ki, Internet oʻyinlarini oʻynayotgan oʻsmir to uning ortiqcha ishlar bilan shugʻullanishga vaqti ham kuchi ham qolmasin. Turli sport mashgʻulotlari, toʻgaraklar, musiqa darslari, uy yumushlari va hokazo.

Eng yomoni, farzandining ishonchini yoʻqotish va undan uzoqlashib ketish. Buni oldini olish uchun ota-ona koʻproq bolaning hayotida ishtirok etishi kerak, u bilan birga shugʻullanishi, uning maktabda, toʻgarakdagi muvaffaqiyatlari bilan qiziqishi va kerak boʻlganda maslahat berib turishi — oʻta muhim. Har qanday oʻsmir ham tezroq katta boʻlib “jiddiy” ishlar bilan shugʻullanishga oshiqadi. Shunday vaqtda u ijtimoiy tarmoqlarda turli gʻalamislarga duch kelishi mumkin. “Nosogʻlom maʼnaviyatli” guruhga aʼzo boʻlgan bolaning feʼl atvori tezda oʻzgaradi.

U kamgap va odamovi boʻlib qolishi, kun uzun uyda oʻtrishi, oʻzining doimiy oʻrtoqlari va sinfdoshlaridan ajralib butunlay yangi tanishlari bilan koʻproq vaqt oʻtkazishi, oila aʼzolari bilan kam muloqot qilib, sal narsaga jahli chiqadigan boʻlib qolishi mumkin.

Bunday hollarda, eng asosiysi, ota-ona har lahza, har qadamda farzandidan boxabar boʻlib turishi kerak. Bolaning noqonuniy faoliyat yurituvchi guruhga aʼzo boʻlgani aniqlansa, darhol huquqni saqlash organlariga xabar qilishi shart. Shunda u oʻz farzandini va boshqa biroving bolasini hayotini ham saqlab qolishi mumkin…

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala