Dunyoda

Tojikistonning "uyqudagi ajdaho"si 106 yoshda

© AFP 2018 / KADAM MASKAYEVSarez koʻli
Sarez koʻli - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston ahli tomonidan Pomir marvaridi deb eʼtirof etiladigan Sarez koʻli 1911 yil 19 fevralga oʻtar kechasi yuz bergan vayronakor zilzila oqibatida paydo boʻlgan

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. Bugun koinotimizning eng yosh obeʼktlaridan biri — baland togʻlar qoʻynida joylashgan Sarez koʻli hosil boʻlganiga 106 yil toʻldi, deb xabar qilgan Sputnik Tojikiston nashri.

Tojikiston ahli tomonidan Pomir marvaridi deb eʼtirof etiladigan Sarez koʻli 1911 yil 19 fevralga oʻtar kechasi yuz bergan vayronakor zilzila oqibatida paydo boʻlgan. Yer silkinishi ikki togʻni birlashtirib 550 metrdan balandroq toʻgʻonni hosil qilgan.

Sarez koʻli, Pomir togʻlari. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbek eksperti: Sarez koʻli Markaziy Osiyoning katta qismini yoʻq qilib yuborishi mumkin
Koʻl oʻrnida boʻlgan uch qishloq aholisi (100dan ziyod odam) nobud boʻlgan. Qishloqlardan birining nomi bilan koʻlni ham Sarez deb atay boshlaganlar. 

Aytish joizki, koʻl Pomirning seysmik aktiv hududida joylashgan. Shunday qilib, 8-9 balli zilzilalar — har 250 yilda bir marta, boshqa maʼlumotlarga koʻra esa — har 2000 yilda bir marta, 7 balli zilzilalar esa — 100 yilda bir marta takrorlanadi.

Olimlar Sarez koʻlini Markaziy Osiyoning uyqudagi ajdahosi deb ataydilar. Ularning fikriga koʻra, agar koʻl vayron boʻlsa, Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlaridagi olti million insonlar jabr koʻrishi mumkin.

2000 yilda toʻrt davlat — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston — hukumatlari Sarez koʻli muammosini hal etish uchun intellektual va moliyaviy yordam soʻrab dunyo hamjamiyatiga murojaat etishgan.

Shu yilning oʻzida Butunjahon banki boshqaruvida 2000-2006 yillarda Sarez koʻli xavfini kamaytirish boʻyicha xalqaro loyiha ishga tushirilgan. Ammo ishlar ogohlantirish tizimini yaratish bilan cheklangan.

Bir qator mutaxassislar Sarez koʻli tufayli xavfsiramasa ham boʻladi, degan fikrni aytishgan, deb yozgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala