Jamiyat

Oʻzbekiston va AQSH prezidentlari bir-birlarini tabriklashdi

© StringerFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp Oʻzbekiston va AQSH orasidagi diplomatik munosabatlarning 25-yilligi munosabati bilan bir-birlariga tabrik xatlari yoʻlladi.

TOSHKENT, 19 fev – Sputnik. Bugun Oʻzbekiston va AQSH diplomatik munosabatlari oʻrnatilganiga  25-yil toʻldi. Ushbu munosabat bilan ikki mamlakat prezidentlari bir-birlariga tabrik xatlari yoʻllashdi.

Shavkat Mirziyoyevning tabrik xatida Oʻzbekiston tashqi siyosatining fundamental printsipi va kontseptual asoslari oʻzgarmasdan qolishi, Oʻzbekiston AQSH bilan anʼanaviy munosabatlarni saqlab qolish, har tomonlama hamkorlikni izchil mustahkamlash va rivojlantirishning qatʼiy tarafdori kanligi aytib oʻtilgan.

Shuningdek, maktubda iqtisodiy munosabatlarga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, AQShning yetakchi korporatsiya va kompaniyalarining Oʻzbekistonda uzoq muddatli biznes yuritishi va investitsiyaviy-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etilgan.

Oʻzaro anglashuv, hurmat va ikki tomonlama manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilishi ham taʼkidlangan.

Abdulaziz Kamilov va Pamela Spratlen - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH elchisini qabul qildi

Oʻz navbatida,  Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp ham ham Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik maktubi yoʻlladi.

Tabrik xatida AQSH rahbari 25 yillik munosabatlarga yuksak baho berib erishilgan yutuqlar bilan faxrlanish mumkinligini qayd etilib muhim regional masalalar boʻyicha kelgusida hamkorlik qilishga umid bildirgan.

“Kelgusi yillarda ham mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik sohasidagi umumiy maqsadlarimizni amalga oshirishda Siz bilan hamkorlikda ishlaymiz, degan umiddaman. Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi va uning qoʻshni davlatlari suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, Sizning Markaziy Osiyoni yanada taraqqiy ettirish va oʻzaro hamjihatligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlaringizni qoʻllab-quvvatlaydi», — deyilgan AQSH prezidenti xatida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala