Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya hududlararo hamkorlik oʻrnatadi

© StringerPlodoovoщnaya yarmarka v Tashkente
Plodoovoщnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent va Moskva hududlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun shartnoma tayyorlamoqda.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Oʻzbekiston hukumatida ayni damda Rossiya hududlari bilan hamkorlik oʻrnatish masalasi muhokama qilinib, unga doir hujjatlar Shavkat Mirziyoyevning aprelda Moskvaga boʻlib oʻtadigan tashrifiga tayyorlanmoqda, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Miass daryosi qirgʻogʻi, Chelyabinsk shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent va Samarqand Chelyabinsk bilan birodar shaharlarga aylanadi

“Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhim va istiqbolli yoʻnalishdir. Ushbu sohada hukumatlararo shartnoma imzolanishi ikki mamlakat hududlari orasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi va umumiy hisobda mamlakatlararo mahsulot almashinuvini oshiradi”, — deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston meva-sabzavotlarini Sibir va Uzoq Sharq hududlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkizib berish tajribasi juda yaxshi samara berdi. Oʻtgan yilda ushbu hududlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkizib berish hajmi oshdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil Rossiya va Oʻzbekiston orasida mahsulot almashinuvi hajmi umumiy hisobda 13% ga qisqarishiga qaramasdan, Oʻzbekistondan import qilinadigan mahsulotlar hajmi 23,7 % ga oʻsdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala