Jamiyat

Oʻzbekistonda har oy 700 ta sugʻurta daʼvosi koʻrib chiqilmoqda

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishS 1 oktyabrya OSAGO budut oformlyat na blankax novogo obraztsa
S 1 oktyabrya OSAGO budut oformlyat na blankax novogo obraztsa - Sputnik Oʻzbekiston
Sugʻurta sohasi tadbirkorlik bilan bir qatorda izchil rivojlanib, cugʻurta xizmatlari turi va moliyaviy hajmi kun sayin kengayib bormoqda.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. «Oʻzbekinvest» milliy sugʻurta kompaniyasi xabariga koʻra, 2016 yilda Oʻzbekistonda 8 ming 250 dan ziyod, yoki oyiga 687 ta sugʻurta daʼvosi koʻrib chiqilgan.

Ushbu sugʻurta daʼvolari asosida 15 milliard soʻm sugʻurta badali toʻlab berilgan. Ulardan 10,6 milliard soʻmi yuridik shaxslar va 4,4 milliard soʻmi jismoniy shaxslar ulushiga toʻgʻri keladi.

Kompaniyaning axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, amalga oshirilgan sugʻurta qoplamalarining 55 % (8,3 mlrd.) — majburiy sugʻurtaga va 45 % (6,7 mlrd.) ixtiyoriy sugʻurta turlariga toʻgʻri keladi.

Sugʻurta polisi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Baxtsiz hodisalarni Internet orqali sugʻurtalash imkoni paydo boʻldi

Respublikada eng ommaviy sugʻurta turlari avto sugʻurta, xavfli ishlab chiqarish obektlari sugʻurtasi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtasi, ixtiyoriy tibbiy sugʻurta, ipoteka sugʻurtasiga yoʻnaltirilgan.

"Oʻzbekinvest" xabariga koʻra,  2016-yil davomida Respublikada 10 ta yangi sugʻurta boʻlimlari ochilib, hududiy boʻlinmalarining umumiy soni 160 taga etdi, shulardan 14 tasi hududiy filiallar va 146 tasi sugʻurta boʻlimlaridir. Undan tashqari oʻtgan yil davomida sugʻurta xizmatlarining 12 xal yangi turi ishlab chiqarilib, aholiga taklif qilina boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala