Jamiyat

Piyodalarni jarimaga tortish boshlandi

Samarqandda yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtgan piyodaga salkam 50 soʻm jarima solindi.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Oʻzbekiston haydovchilari yillab kutgan quvonchli voqea sodir boʻldi —  YHXX xodimlari piyodalarga jarima solishni boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ijtimoiy tarmoqlarda ana shunday jarimalardan biri aks etgan jarima pattasi surati paydo boʻldi. Unga koʻra Samarqand shahrida “Dinamo” stadioni yonida koʻchani piyodalar oʻtish joyi boʻlmagan joyda kesib oʻtgan fuqaroga salkam 50 ming jarima yozib berilgan.

“Zebra (piyodalar oʻtish joyi) ustidan emas boshqa joydan yoʻlni kesib oʻtgan doʻstim 49925 soʻm jarima toʻladi! Piyodalar yoʻl qoidasini buzmanglar! Boʻlmasa jarima toʻlaysizlar. Hatto naushnik bilan yoʻlni kesib oʻtsangiz, 49925 soʻm jarima toʻlaysiz! Men oʻzim ham ishonmagan edim, lekin birga borib jarima toʻlagandan keyin haqiqatdan ishondim”, — deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu xabarga yuzdan ortiq izohlar qoldirishgan. Avvaliga koʻpchilllik ishonmagan edi, voqea tafsilotlari aniq boʻlganidan keyin bu haqiqat ekani maʼlum boʻldi.

© Foto stringeraJarima pattasi
V Uzbekistane nachali shtrafovat peshexodov  - Sputnik Oʻzbekiston
Jarima pattasi
Guvoh aytishiga qarganda, YHXX xodimlari qoida buzgan fuqaro pasporti asosida jarima yozib bermoqda. Fuqaro pasporti yonida boʻlmagan hollarda, inspektor uning telefoniga sms xabari yuborishi mumkin. Agar pasport ham, telefon ham boʻlmasa, qoidabuzar IIBga olib borilib shaxsi aniqlanadi va jarima pattasi yozib beriladi. 45 kun ichida jarima toʻlanmagan holda ish sudga oshiriladi.
Yoʻl harakati belgilari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda bugundan boshlab yangi YHX qoidalari kuchga kirdi

“Doʻstim pasportim ham telef onim ham yoʻq deganidan keyin, ular ratsiya orqali navbatchi mashinani chaqirib, uni IIBga olib borishgan. Shaxsi aniqlanganidan keyin darhol qoʻyib yuborishgan”, — deydi voqeani batafsil aytib bergan fuqaro.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilda qabul qilingan yangi YHX qoidalariga binoan, Oʻzbekistonda piyodalar ham yoʻl haraqatining toʻlaqonli ishtiroqchilari deb tan olinadi va ularga nisbatan bir qator javobgarlik majburiyatlari belgilangan. Xususan, yoʻlni faqat piyodalar oʻtish joyidan  kesib oʻtish, yoʻlni kesib oʻtayotganda diqqatni jalb qiluvchi boshqa ishlar (musiqa eshitish, kitob oʻqish, telefon oʻynash va ho kazo) bilan shugʻullanmaslik kabi. Bunday hollarda piyodalarga eng kam ish haqqining uchdan bir qismi miqdorida jarima belgilanadi.

© SputnikYHX qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar
YHX qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar - Sputnik Oʻzbekiston
YHX qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala