Jamiyat

Tadbirkorlarga 18ta davlat xizmatlari "yagona oyna" orqali koʻrsatila boshlaydi

Vazirlik, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarining yuridik boshqarmalari vakillari "yagona darcha" markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir oʻz takliflarini kiritdi.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. "Elektron hukumat" markazida vazirliklar, davlat xoʻjalik va boshqaruv organlari yuridik boshqarmalari vakillari ishtirokida "yagona darcha" orqali tadbirkorlik subektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadlari quyidagilar boʻldi:   

  • Tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish;
  • Tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
  • Joylarda xalq bilan bevosita muloqot samaradorligini taʼminlash

Ushbu maqsadlarga erishish uchun, birinchi navbatda, barcha hududlarda joylashgan "yagona darcha" davlat xizmatlari koʻrsatish markazlarining samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etish masalalari tizimli tahlil qilindi.

Bojxona nazorat punkti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bojxona tizimida “yagona oyna” xizmati yoʻlga qoʻyildi

Undan tashqari, har bir davlat muassasasasi, jumladan Vazirlik, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarining yuridik boshqarmalari vakillari "yagona darcha" markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir oʻz takliflarini kiritdi.

Shuningdek, uchrashuvda 2017 yilda "yagona darcha"da yoʻlga qoʻyilishi lozim boʻlgan 18 ta davlat xizmatining faoliyati muhokama qilindi.

Ushbu tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi" qarori ijrosini bajarish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala