Siyosat

Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi TIVga tashrif buyurdi

© Posolstvo RF v UzbekistaneRossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev
Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 18-yigʻilishi yakunlari yuzasidan fikr almashildi

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. 2017-yilning 20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Favquloda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Uchrashuvda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 18-yigʻilishi yakunlari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida turli darajadagi boʻlajak ikki tomonlama uchrashuvlar kun tartibiga taqdim etilayotgan masalalar ham koʻrib chiqildi", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala