Ozarbayjon prezidenti o‘z rafiqasini birinchi vitse-prezident etib tayinladi

© AFP 2023 / AFP / LEON NEAL Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va uning rafiqasi Mehribon Aliyeva
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va uning rafiqasi Mehribon Aliyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon Konstitutsiyasiga muvofiq, prezident o‘z vazifasini bajara olmaydigan holatlarda, uning vazifa va vakolatlarini birinchi vitse prezident o‘z zimmasiga oladi

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatning birinchi xonimi Mehribon Aliyevani respublikaning birinchi vitse-prezidenti etib tayinladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon 29 yashar o‘g‘lini Dushanbega mer etib tayinladi
Ozarbayjon Konstitutsiyasiga muvofiq, prezident o‘z vazifasini bajara olmaydigan holatlarda, uning vazifa va vakolatlarini birinchi vitse prezident o‘z zimmasiga oladi.

O‘tgan yilning sentabr oyida Ozarbayjonda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilgan edi. Mamlakatning Bosh Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar prezidentlik muddatini besh yildan yetti yilgacha uzaytirish, vitse-prezident lavozimi kiritish, shuningdek prezidentlikka va deputatlikka nomzodlar uchun yosh chegarasi kamaytirilishini nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0