Spays narkotik moddaga tenglashtirildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUnichtojenie narkoticheskix sredstv v Tadjikistane
Unichtojenie narkoticheskix sredstv v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Oliy Majlisiga Jinoyat kodeksiga spays sotish uchun jinoiy javobgarlik moddasi kiritish taklifi kiritiladi.

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston hukumati huzuridagi Narkotik moddalar oborotini nazorat qilish Milliy qo‘mitasi Oliy Majlisga respublika Jinoyat kodeksiga spayslar tayorlash, saqlash va sotish uchun jinoiy javobgarlik kiritish haqidagi o‘zgarishlar loyihasini tayyorlamoqda.

"O‘zgarishlar loyihasi tayyorlangan va taaluqli muassasalar tomonidan tasdiqlangan. Yaqin orada Bosh prokuratura ushbu loyihani qonunchilik tashabbusi sifatila taklif qiladi", — dedi Milliy qo‘mita vakili.

JKiga kiritilayotgan o‘zgarishlar spayslarni narkotik va psixotrop moddalar va ularning prekurslariga tenglashtiradi. JKida spayslar narkotiklarning alohida turi sifatida belgilanadi.

Ayni damda O‘zbekiston JKida narkotik moddalar bo‘yicha jazo olti oydan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni ko‘zda tutgan. 2015-yilning iyun oyida O‘zbekistonda ta’qiqlangan narkotik va psixotrop moddalar ro‘yxati spays deb hisoblanuvchi 80 ta yangi turlari bilan to‘ldirilgan edi.  

Narkotik moddalar nazorat qilish Milliy qo‘mitasi xabariga ko‘ra 2016-yilda O‘zbekistonda psixiologik faol moddalar oboroti bo‘yicha 43ta holat aniqlanib, 579 gramm spays qo‘lga olingan. Ekspertlar fikriga ko‘ra, oxirgi 2-3 yilda MDH mamlakatlarida spayslar oboroti keskin oshgan.

Yangiliklar lentasi
0