Jamiyat

Toshkent Tojikiston samolyotini qabul qilmadi

CC BY-SA 2.0 / Lars Steffens / Boeing 737 Somon AirBoing 737 aviakompanii "Somon Eyr", arxivnoye foto
Boing 737 aviakompanii Somon Eyr, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Kecha 20 fevral kuni boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan, birinchi “Dushanbe – Toshkent” aviaparvozi amalga oshmadi.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Tojikistonning “Somon Eyr” aviakompaniyasi tomonidan rejalashtirilgan birinchi “Dushanbe – Toshkent” qatnovi amalga oshmadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.

Xabarda aytilishiga koʻra, Toshkent Xalqaro aeroporti Tojikiston aviakompaniyasiga parvozni amalga oshirishga ruxsat bermagan.

“Barcha hujjatlar tayyor boʻlmagandi, shuning uchun ham parvoz amalga oshirilmadi”, — deb xabar qilgan nashrning Toshkentdagi manbaasi.

Uning soʻzlariga qaraganda biroz oldin Oʻzbekiston Davlat Aviatsiya nazorati xizmati “Somon Eyr” aviakompaniyasiga parvozlar amalga oshirishga

Siyosat
Toshkent va Dushanbe doimiy ravishda maslahatlar oʻtkazishga kelishib olishdi
ekspluatatsion ruxsatnoma bergan. Lekin parvozlar amalga oshirish uchun doimiy parvozlar jadvali ham tasdiqlangan boʻlishi kerak, aks holda har bir parvoz uchun alohida ruxsatnoma olish kerak boʻladi.

25 yillik uzilishdan soʻng birinchi marta tashkil qilingan Dushanbe – Toshkent aviaparvoziga 26 nafar yoʻlovchiga aviachipta sotilgan edi. “Somon Eyr” yoʻlovchilarga chipta narxini qaytarib berish yoki ularning xohishiga qarab biletlarni “Dushanbe – Xoʻjand” yoʻnalishiga almashtirib berishni taklif qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Dushanbe va Toshkent orasidagi aviaparvozlar 1992 yilda Tojikistonda boʻlgan fuqaro urushi tufayli bekor qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala