Jamiyat

Dushanbe-Toshkent aviareysini barbod qilganlar ishdan boʻshatildi

Ayni paytda ikki mamlakat aviakompaniyalari oʻrtasida barcha texnik jarayonlar hal qilinmoqda

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. "Somon Eyr" aviakompaniyasi oʻtkazgan tekshiruvlardan soʻng kompaniya tomonidan tegishli hujjatlar joʻnatilmaganligi maʼlum boʻldi.

"Somon Eyr"ning ushbu holat uchun javobgar tijorat direktori Alisher Rustamov boshchiligidagi barcha masʼul shaxslar jazolandi va ishdan boʻshatildi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib.

Boing 737 aviakompanii Somon Eyr, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent Tojikiston samolyotini qabul qilmadi

Ayni paytda ikki mamlakat aviakompaniyalari oʻrtasida barcha texnik jarayonlar hal qilinmoqda.

Dushanbe-Toshkent-Dushanbe reysi yaqin kunlarda amalga oshirilishi kutilmoqda.

"Somon Eyr" aviakompaniyasi 20 fevral kuni uchishi kerak boʻlgan Dushanbe-Toshkent reysi yoʻlovchilari va Oʻzbekistondagi hamkorlaridan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻradi.

Eslatib oʻtamiz, 25 yildan buyon kutilayotgan ilk Dushanbe-Toshkent reysi 20 fevral kuni amalga oshirilishi lozim edi. Lekin Toshkent Xalqaro aeroporti Tojikiston aviakompaniyasiga parvozni amalga oshirishga ruxsat bermagandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala