TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiyada oʻz vakolatxonasini ochadi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga agentlik vakili Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasidagi uchrashuvda maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, keyingi yillarda Oʻzbekiston fuqarolarini chet mamlakatlarda ishga joylash amaliyoti faol rivojlanmoqda. Oʻn besh yil davomida Janubiy Koreyada 30 ming, Rossiyada 5 ming, Yaponiyada 200 nafarga yaqin oʻzbekistonliklar agentlik orqali ishga joylashtirildi.
Bundan tashqari, agentlik orqali Rossiyada ishga joylashganlarning mehnat staji xuddi oʻz vatanida ishlaganidek hisobga olinadi.
Agentlik kelgusida Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Ummon bilan ham mustahkam aloqalar oʻrnatmoqchi.