O‘zbekistonda 10 000 so‘mlik pul chiqarilishi haqida gap tarqaldi

© Sputnik / StringerO‘zbek so‘mi
O‘zbek so‘mi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishicha, yangi banknot qizil rangda bo‘ladi.

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda bugundan O‘zbekistonda 10 000 so‘mlik banknot muomalaga chiqarilishi haqida xabarlar tarqaldi. 

Xabarlarda aytilishicha, yangi banknot qizil rangda bo‘ladi.

Shuningdek, internetda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 so‘mlik banknotalarning chiqarilishi to‘g‘risida"gi qarori nusxasi tarqalmoqda. Ushbu qarorga Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev imzo chekkan. Qarorda banknot qachondan chiqarilishi haqida ma’lumot yo‘q.

© Sputnik / StringerChiqarilishi taxmin qilinayotgan 10 ming so‘mlik pul
Predpolagayemaya kupura dostoinstvom 10 000 sumov - Sputnik O‘zbekiston
Chiqarilishi taxmin qilinayotgan 10 ming so‘mlik pul

O‘tgan yilning martida ham ijtimoiy tarmoqlarda xuddi shu tarzdagi xabar va 10 000 so‘mlik pulning suratlari tarqalgandi. Bu xabarlarga nisbatan Markaziy bank o‘z munosabatini bildirib, 10 ming so‘mlik kupura chiqarilishi rejalashtirilmaganini ma’lum qilgandi.

Hozirgi vaqtda o‘zbek so‘mining eng katta qiymatli kupurasi 5 000 so‘m hisoblanadi. Mazkur kupura 2013-yil 1-iyuldan chiqarilgan. Bundan tashqari, 1994-yildan beri 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500 va 1000 so‘mlik kupuralar ham muomalaga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0