Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda aliment toʻlamay qochib yurgan 254 qarzdor qidiruvga berildi

Sud ijrochilari tomonidan 15 qarzdorga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatish boʻyicha taqdimnoma kiritilib, 12 nafar qarzdorga jinoiy ish qoʻzgʻatildi

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Qoraqalpogʻistonda yanvar oyida boʻlib oʻtgan "Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlarni moddiy jihatdan taʼminlash oyligi" davomida 2541 ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlardan jami 390 mln. soʻmdan ortiq aliment nafaqalari undirib berildi, deb yozadi Kruz.uz.

Sud ramzi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Aliment toʻlamaydiganlarga nisbatan javobgarlik kuchaytirilmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralarning Qoʻshma farmoyishiga muvofiq oʻtkazilgan tadbir natijasida 300 nafar qarzdorning respublika hududidan vaqtincha chiqish huquqlari cheklanib, 254 qarzdorga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.

Sud ijrochilari tomonidan 15 qarzdorga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatish boʻyicha taqdimnoma kiritilib, 12 nafar qarzdorga jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala