O‘zbekistonda mansabdorlar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqadigan sudlar tashkil etiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSud
Sud - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtga qadar davlat organlarida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan qilingan shikoyatlar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan edi

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari tegishli iqtisodiy sudlar sifatida o‘zgartirildi. Bu haqda "Qalampir.uz" yozmoqda.

Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi plenumi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtiriladi

2017 yil 1-iyundan davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari ustidan shikoyat qilish imkoniyati huquqiy kafolatlandi.
Endilikda prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tuman (shahar) ma’muriy sudlari tashkil etiladi.

Ayni vaqtga qadar davlat organlarida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan qilingan shikoyatlar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan edi.

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarligi borasidagi ishlar esa jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan amalga oshirilayotgan edi. Endilikda bunday ishlar yangi tashkil etiladigan ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0