Madaniyat

Oʻzbekistonlik oʻqituvchi "Runet qirolichasi - 2017" unvoniga daʼvogarlik qilmoqda

Dilnavoz Boynazarova
Dilnavoz Boynazarova - Sputnik Oʻzbekiston
"Runet qirolichasi - 2017" xalqaro goʻzallik tanlovi chorak finalida Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Ispaniya, Frantsiya kabi mamlakatlardan 33 nafar yosh ona qatnashmoqda

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Urganch shahridagi 10-maktabning informatika fani oʻqituvchisi Dilnavoz Boynazarova "Runet qirolichasi — 2017" xalqaro goʻzallik tanlovi yarim finaliga chiqish uchun kurash olib bormoqda.

Dilnavoz Boynazarova 24 yoshda, turmushga chiqqan va bir farzandning onasi.

"Runet qirolichasi — 2017" xalqaro goʻzallik tanlovi chorak finalida Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Ispaniya, Frantsiya kabi mamlakatlardan 33 nafar yosh ona qatnashmoqda. Eng koʻp sms-ovoz olgan 15 nafar ishtirokchi yarim final bosqichiga oʻtadi.

Sms-ovoz berish 2017 yilning 28 fevral kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00da yakunlanadi.

Finalda besh nafar ishtirokchi qatnashadi. Ularning uchtasi sms-ovoz berish natijalariga koʻra aniqlanadi. Qolgan ikki ishtirokchi esa hozirda Yaqin Sharq mamlakatlarida boʻlib oʻtayotgan kastinglar orqali aniqlanadi.

Tanlov gʻolibasi 500 000 rubl pul mukofoti, toj, hamkorlarning sovgʻalari bilan taqdirlanadi hamda "Koinot goʻzali — 2017" xalqaro goʻzallik tanlovi hayʼati tarkibida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Ikkinchi va uchinchi oʻrin sohibalarini ham sovgʻalar kutadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala