Hodisalar

Toshkentda mashinada qizni zoʻrlamoqchi boʻlgan yigit qoʻlga olindi

© Sputnik / StringerMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Yovuz niyatli shaxs gʻaraz maqsadini amalga oshira olmadi, u ichki ishlar boshqarmasiga olib kelindi

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkent shahar Olmazor tumani IIB xodimlari ogʻir jinoyatning oldini oldilar, deb xabar beradi Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati.

Oqshom payti Allon koʻchasida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari yoʻl chetida toʻxtab turgan "Matiz" avtomashinasidan yordam soʻrab baqirayotgan ayol kishi ovozini eshitdilar.

Ular avtomashinaning orqa oʻrindigʻida 25-30 yoshlardagi yigit bir qizni zoʻrlab nomusiga tegmoqchi boʻlayotganining guvohi boʻlishdi. Qiz qancha urinmasin, gʻaraz niyatli shaxsning changalidan chiqolmasdi.

Siyosat
Oʻzbekistonda har payshanba jinoyatchilikning oldini olish kuni deb eʼlon qilindi

Ichki ishlar xodimlari qizga yordam berishga shoshilishdi. Ammo mashina eshiklari ichkaridan berk edi.

Xodimlardan biri bir amallab avtomashinaning orqa eshigini ochganida zoʻravon unga pichoq bilan tashlandi. Xodim qoʻli jarohatlanganiga qaramasdan, jinoyatchini qurolsizlantirdi.

Yovuz niyatli shaxs gʻaraz maqsadini amalga oshira olmadi, u ichki ishlar boshqarmasiga olib kelindi.

U 1988 yilda tugʻilgan, muqaddam sudlanib, amnistiya akti tufayli jazodan ozod etilgan shaxs boʻlib chiqdi.

Bu shaxs kechki payt ishdan qaytayotgan qizni qoʻrqitib, ishonch qogʻozisiz boshqarib yurgan "Matiz" avtomashinasiga oʻtqazgan va uning nomusiga tegmoqchi boʻlgan.

Unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 118-moddasi 1-qismi va 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala