TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. 23 fevral kuni Fargʻona shahrida joylashgan "Fargʻonaazot" AJda portlash sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Xabarga koʻra, portlash soat 16:30da zavodning ammiak tsexida olib borilayotgan taʼmirlash-montaj ishlari paytida yuz bergan. Hodisa oqibatida qurbon boʻlganlar bor.
Voqea sabablarini oʻrganish va baxtsiz hodisadan zarar koʻrganlarning oilalariga kerakli yordam koʻrsatish boʻyicha xukumat komissiyasi tuzildi.