Jamiyat

Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasiga rahbarlar tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidentining farmoniga asosan Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tashkil etildi

TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat koʻrsatayotgan Mahmud Moʻminovich Muratov Madaniyat vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mahmud Muratov 1970 yildan Respublika bolalar musiqa tarbiya internat oʻqituvchiligidan mehnat faoliyatini boshlagan. Soʻngra Madaniyat ishlari vazirligi Maxsus tadbirlar va konkurslar boʻlimi mudiri, Musiqa tashkilotlari boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi rahbari boʻlib ishlagan.

Madaniyat
Yangi Madaniyat vazirligining vazifalari belgilab berildi

U shuningdek, Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari, Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri direktori, 2015 yildan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga esa Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori Rustam Javdatovich Qurbonov rais etib tayinlandi.

Rustam Qurbonov Toshkent shahar hokimining ijtimoiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Bektemir tumani hokimi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti, "Oʻzbekturizm" kompaniyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimi, 2009 yildan boshlab Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0