TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Transkaspiy xalqaro transport yoʻnalishi orqali Yevropaga chiqishi mumkin. Bu haqda "Qazaqstan temіr joli" MK matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida "Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ rahbariyatining «Qazaqstan temіr joli» MK prezidenti Kanat Alpisbayev bilan boʻlib oʻtgan muzokaralari chogʻida unda temir yoʻl trasporti sohasidagi oʻzaro harakatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda yuk tashishlarni oshirish uchun ixcham tarif siyosatini oʻtkazish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi hududi boʻylab oʻzbek meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjalik turlarini tranzit tashuvlari tariflari uchun chegirmalar taqdim etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar Aqtou va Quriq portlari orqali Transkaspiy xalqaro transport yoʻnalishi boʻylab oʻzbek eksport va import tashuvlarini tashkil etish imkoniyatini muhokama qilishdi.
Transkaspiy xalqaro transport yoʻnalishi Xitoy, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya orqali Yevropaga chiqish imkoniyatini beradi.