Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev MDHdagi eng yirik loyihalardan biri bilan tanishdi

© IA "Jaxon"Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilgʻi (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi gaz-kimyo sanoati yoʻnalishida dunyoning ilgʻor texnologik yechimlarini oʻzida aks ettirgan

TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida "Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilgʻi (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish" va "Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish"loyihalari bilan tanishdi, deb xabar bermoqda uz24.uz.

"Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilgʻi (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi gaz-kimyo sanoati yoʻnalishida dunyoning ilgʻor texnologik yechimlarini oʻzida aks ettirgan. Ushbu loyiha MDH doirasidagi eng yirik mega-loyihalardan biridir.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev xalq bilan muloqot qilish maqsadida Qashqadaryoga tashrif buyurdi

Loyiha doirasida yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gazni qayta ishlash orqali 1,5 million tonna yuqori sifatli "Yevro-5" talablariga javob beradigan sintetik yoqilgʻi ishlab chiqariladi. Shundan 743 ming tonnasi dizel yoqilgʻisi, 311 ming tonnasi aviakerosin, 431 ming tonnasi nafta va 21 ming tonnasi suyultirilgan gazni tashkil etadi.

Yangi zavod ishga tushirilishi natijasida iqtisodiyotning real tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, neft mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning asosiy qismini qanoatlantirish va neft importi hajmini kamaytirish orqali xorijiy valyuta sarfini tejashga erishiladi.

Qurilish-montaj ishlari 2020 yilning ikkinchi yarmida nihoyasiga yetkazilishi, zavodda qoʻshimcha 682 yangi ish oʻrni yaratilishi moʻljallangan.

Davlat rahbarining koʻrsatmalari asosida "Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish" loyihasi kontseptsiyasi qaytadan koʻrib chiqilib, ishlab chiqarish jarayoniga sintetik nafta xomashyosini jalb qilish masalasi oʻrganildi.

Loyiha ishga tushgach, zavodning polimer ishlab chiqarish quvvati mavjud 125 ming tonnadan 450 ming tonnagacha, yaʼni 3,6 barobarga oshirilishi taʼminlanadi. Natijada neft-kimyo yoʻnalishini rivojlantirishga keng yoʻl ochiladi.

Suv inshooti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qashqadaryo qishloq xoʻjaligining "yuragi"ni tiklashga 130 mln dollar sarflanadi

Birinchi bosqichda yuqori qiymatli xomashyo sintetik naftani qayta ishlab, yangi turdagi polietilen va polipropilen bilan birgalikda piroliz distilyatini ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.

Piroliz distilyatidan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati hududda texnologik klasterni barpo etishga zamin yaratadi, istiqbolda kimyo, avtomobilsozlik, farmatsevtika, qurilish va toʻqimachilik sohalari yanada rivojlanishida muhim omil boʻladi.

Loyiha zavodning mavjud maydonida amalga oshirilib, qurilish ishlari kompleksning ishlab chiqarish jarayoniga taʼsir etmagan holda olib boriladi.
Qurilish-montaj ishlari 2020 yilning toʻrtinchi choragida yakunlanadi va loyiha doirasida 250 yangi ish oʻrni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakat iqtisodiy rivojida muhim oʻrin tutadigan ushbu loyihalarni moliyalashtirish, uskunalarni oʻz vaqtida keltirish, qurilish ishlarining "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqish, korxonalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirib, aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha zarur koʻrsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0