Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

© Sputnik / Sergey SubbotinShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar berdi.

Asqar Mamin O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgandi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, shu jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror va izchil rivojlanayotgani hamda mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev mart oyida Qozog‘istonga boradi

Prezident ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish, buning uchun avvalo savdo, investitsiyaviy texnologiyalar va transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlik bo‘yicha aniq loyihalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish va mustahkamlash lozimligi, bu savdo va madaniyat sohalarida aloqalarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.

O‘zaro savdo hajmini tubdan oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat yetakchi korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

2016 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan ziyodni tashkil etgan. O‘zbekistonda qozog‘istonlik hamkorlar ishtirokida tuzilgan 230 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda. Avtomobil va temir yo‘l transporti, aviatashuvlar sohalarida an’anaviy faol hamkorlik qilib kelinmoqda.

Asqar Mamin samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik izhor etdi va Qozog‘iston O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0