Elchi: AQSh O‘zbekiston bilan hamkorlikni qat’iy davom ettiradi

Obuna bo‘lish
Spratlen tomonlar hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy va savdo-investitsiya sohasi ekanligini ma’lum qildi

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlenning so‘zlariga ko‘ra, Amerika O‘zbekiston hukumati bilan ishlar ekan, o‘zaro hamkorlikning ertangi kun talablarini hisobga oladigan yangi sohalarini izlamoqda, deb yozadi RIA Novosti.

"To‘liq salohiyatli hamkorlikka erishish uchun mamlakatlarimiz uchun muhim bo‘lgan masalalar bo‘yicha ochiq, oshkora va konstruktiv muloqotni davom ettirish talab qilinadi", — dedi Spratlen.

Uning fikricha, ikki mamlakat prezidentlari — Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyevlarning AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25-yilligi munosabati bilan bir-birlariga yo‘llagan maktublari har ikki tomonning kelgusidagi hamkorlikni mustahkamlash istagida ekanliklarini bildiradi.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va AQSh prezidentlari bir-birlarini tabriklashdi

Diplomat mart oyida yana bir sana — ikki mamlakat o‘rtasida strategik hamkorlik haqidagi deklaratsiya imzolanganligining 15-yilligi nishonlanishini bildirdi.

"Ushbu kelishuvning samarasi va bizning ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga bo‘lgan umumiy mushtarakligimizni AQSh yuqori martabali rasmiy shaxslarining yaqindagi tashriflari, yangi loyihalarning boshlanishi hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ochiq muloqot misolida ko‘rish mumkin", — dedi elchi.

2015 yil noyabrida Samarqandda asos solingan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning mintaqaviy formati ikki mamlakat munosabatlaridagi o‘ziga xos yangi bosqich bo‘ldi, deb hisoblaydi diplomat.

Spratlen tomonlar hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy va savdo-investitsiya sohasi ekanligini ma’lum qildi.

"Biz O‘zbekistonning ulkan iqtisodiy o‘sish salohiyatini amalga oshirish uchun bu mamlakat bilan hamkorlik qilishda qat’iy davom etamiz", — dedi Spratlen.

Yangiliklar lentasi
0