Bo‘stonliqda "Chimon Ekstrim-2017" festivali boshlandi

© Sputnik / Roman Denisov / Mediabankka o‘tishChang‘ichi
Chang‘ichi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Festival doirasida slalom, border-kross va ski-kross shakllarida chang‘ichilar va snoubordchilar o‘rtasida musobaqalar, shuningdek, paraplanerchilarning chiqishlari o‘tkaziladi

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Bo‘stonliq tumanidagi "Chimon Oromgohi" sog‘lomlashtirish markazi negizida "12 kalit" tog‘-chang‘i sporti havaskorlari klubining "Chimon-Ekstrim-2017» tog‘ festivali boshlandi. Bu haqda Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berilmoqda.

Festival doirasida slalom, border-kross va ski-kross shakllarida chang‘ichilar va snoubordchilar o‘rtasida musobaqalar, shuningdek, paraplanerchilarning chiqishlari o‘tkaziladi.

G‘oliblar 26-fevral kuni taqdirlanadi.

Festival O‘zbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Respublika qishki va murakkab sport turlari oliy sport mahorati maktabi va boshqa hamkorlar tomonidan tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0