TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Hali tugʻruqxonadan chiqishga ulgurmay, surxondaryolik ayol yangi tugʻilgan chaqalogʻini sotishga urindi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.
Surishtiruv vaqtidayoq shu narsa maʼlum boʻlgan ediki, hibsga olingan ayol oʻzini oqlash uchun qanday bahona toʻqimagan taqdirda ham, bunday harakatga qoʻl urgan odamni kechirish ogʻir boʻladi.
Nargizaning soʻzlariga koʻra, u qizidan otasi voz kechgani sabab, chaqaloqni sotmoqchi boʻlgan. Ayolning soʻzlariga koʻra, eri hamisha oʻgʻil tugʻilishini xohlagan, va qiz tugʻilsa undan "xalos" boʻlishini soʻragan.
Nargiza qizdan "xalos" boʻlish yoʻlini esa tugʻruqxonadaligidayoq oʻylab topadi: Nargiza palatadadoshlariga oʻz rejasi haqida ogʻiz ochar ekan, bu hisob boʻyicha toʻrtinchi farzandi ekanligini, uni boqib ololmasligini maʼlum qiladi.
Ayol chaqalogʻiga tugʻruqxonadan chiqishga ulgurmay oʻrtadagi vositachi orqali "xaridor" topadi. U chaqalogʻi uchun 5 million soʻm talab qiladi, biroq "xaridor" bilan kelishib, bahoni bir million soʻmga arzonlashtiradi.
"Oldi-sotdi" amalga oshirishga kelishilgan kuni ichki ishlar xodimlari tomonidan ushbu hodisa fosh etilib, chaqaloq oʻz onasiga qaytarildi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.