Siyosat

Jamoat ishlari jinoiy jazoning yangi turiga aylanadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishKoʻchalarni obodonlashtirayotgan ishchilar
Koʻchalarni obodonlashtirayotgan ishchilar - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab turish, qamoqqa olish va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllash, dastlabki tergov, shuningdek fuqarolik ishi boʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish muddatlari qisqartirilmoqda

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda jinoiy jazolar tizimiga "majburiy jamoat ishlari" kiritiladi. Bu haqda 24 fevral kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev farmoniga muvofiq qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatildi
Majlisda "Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlarning qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Ushbu Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmonida mavjud boʻlgan normalarning amaliyotga tatbiq etilishini taʼminlaydi.

"Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni taʼminlash Prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq jinoiy jazolar tizimiga "majburiy jamoat ishlari"ning kiritilishi munosabati bilan qamoq tariqasidagi jinoiy jazo bekor qilinadi.

Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab turish, qamoqqa olish va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllash, dastlabki tergov, shuningdek fuqarolik ishi boʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish muddatlari qisqartirilmoqda", dedi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Shuhrat Mamajonov.

Yangiliklar lentasi
0