Nokia 3310 - bir oy zaradsiz ishlaydigan telefon

© REUTERS / Paul HannaAfsonaviy Nokia 3310 telefonining yangilangan versiyasi
Afsonaviy Nokia 3310 telefonining yangilangan versiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangilangan telefon avvalgisidan keskin farq qiladi. Mobil aloqa vositasining asosiy afzalligi - uning bir oy davomida zaradsiz ishlay olishidir

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Barselonada bo‘lib o‘tgan mobil texnika ko‘rgazmasida afsonaviy Nokia 3310 telefonining yangilangan versiyasi namoyish qilindi.

Yangi apparat diagonali 2,4 duymli rangli monitor, 2 megapikselli kamera bilan jihozlangan.

Kompaniya o‘z mijozlari uchun kutilmagan sovg‘a hozirlagan edi: yangilangan Nokia 3310 akkumulyatori quvvatlashsiz bir oygacha ishlay olishi ma’lum qilindi.

The Verge xabariga ko‘ra, Nokia 3310 remeyki bozorlarda yaqin oylarda paydo bo‘lishi kutilmoqda. Telefon 49 yevro narxida sotiladi, deb yozgan nashr.
Yangiliklar lentasi
0