O‘zbekiston IIV Mirziyoyev talabini bajarishga kirishdi

© Ilya VarlamovIIB xodimi
IIB xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kechqurun soat 22:00dan boshlab voyaga yetmaganlarning tungi ko‘ngilochar maskanlar, internet-kafelarda ota-­onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz bo‘lish­lariga yo‘l qo‘ymaslik, bu tartibga rioya etmaganlar uchun tegishli chora ko‘rilishi haqidagi suhbatlar Orzu, Universitet, Miskin, Taraqqiyot va Chimboy mahallalarida bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammolar va kamchiliklarga bag‘ishlangan videoselektorda haftaning har payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni deb e’lon qilishni taklif etgan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: mahalla raisi kim nima bilan mashg‘ul - hammasini bilishi lozim
Shu kuni hududlar prokurorlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish bo‘yicha tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot berishi aytilgan edi.

Bu taklif respublika ichki ishlar organlari tizimida amalga tatbiq etilib, qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ertalab Toshkentning Olmazor tumani IIBga respublika IIV PPX va JTSBB boshlig‘i, polkovnik Q. Nakibov, Olmazor tumani hokimi B. G‘oibnazarov, tuman prokurori S. Muxtorov va tuman bosh imom-xatibi S. Abdurashidov yetib keldi.

Tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik R. Sultonxo‘jayev shaxsiy tarkib bilan o‘tkazilgan taqsimotda profilaktika kuni haqida qisqacha tushuntirish berib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar haqida to‘xtaldi. Keyin belgilangan reja asosida guruhlar hududlarga yo‘l oldi.

Guruhlar joylarda belgilangan tadbirlarni o‘tkazdilar. Tumandagi Ibrohim ota va Istiqbol mahallalarida sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi. Jinoyat-qidiruv, tergov xizmati xodimlari jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari yuzasidan gapirib, ularning sabab va oqibatlari haqida fuqarolarga tushuncha berdilar.

Sayyor sud muhokamasi Qorasaroy va Qo‘shtut mahallalarida tashkil etildi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarning qilmishlari mahalla ahlining qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. Arzimagan bahona bilan janjallashib, bir-birini haqoratlash, urishgacha borgan fuqarolarga tuman bosh imom-xatibi nasihat qildi. Bir-birini haqoratlash, mushtlashish insonda mehr atalmish xislatning yo‘qolishiga, oqibatda bag‘ritoshlikka etaklab, tubanlikka olib borishini tushuntirdi.

Guzarboshi va Eski shahar mahallalarida esa qo‘riqlash xizmati xodimlari xonadonlarni texnik qo‘riqlash punktiga ulash hamda obyektlarga videokuzatuv moslamalarini o‘rnatishning afzalliklari haqida gapirib, texnik moslamalarni namoyish etishdi.

Maktablardagi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulotlar - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘riqlash xizmati bolalar xavfsizligini ta’minlashga shay, biroq...
Tumandagi tibbiyot va bank kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida "Davomat" tadbirining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Dars mashg‘ulotlariga qatnashmayotgan o‘quvchilar, shuningdek, sog‘liqqa zarar yetkazishga mo‘ljallangan xavfli buyumlar saqlagan voyaga yetmaganlarning ota-onalari farzandlarining qilmishi uchun javob berdi.

Universitet va Paxta mahallalarida fuqarolarga yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqishi sabablari haqida shahar ko‘chalarida olingan videolavhalar namoyish etilib, yo‘l harakati qoidalarini buzishning ayanchli oqibatlari haqida so‘zlab berdilar.

Kechqurun soat 22:00dan boshlab voyaga yetmaganlarning tungi ko‘ngilochar maskanlar, internet-kafelarda ota-­onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz bo‘lish­lariga yo‘l qo‘ymaslik, bu tartibga rioya etmaganlar uchun tegishli chora ko‘rilishi haqidagi suhbatlar Orzu, Universitet, Miskin, Taraqqiyot va Chimboy mahallalarida bo‘lib o‘tdi. Shu kuni tunda xodimlar tomonidan reyd o‘tkazildi.

Pasport tizimi qoidalariga rioya etishni fuqarolarga tushuntirish, yollanma mehnat bilan shug’ullanayotgan shaxs­larni Toshkent shahrida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish, aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rish masalasiga bag‘ishlangan tadbir yoshlik, Chamanbog‘, Beshqo‘rg‘on, Shon-shuhrat mahallalarida tashkil etildi.

Hibsga olish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek qizlarini fohishalikka sotmoqchi bo‘lgan Savchenko aeroportda qo‘lga olindi
Oltinsoy, Qichqiriq, Islom ota, Taraqqiyot mahallalarida esa fohishalik bilan shug‘ullanadigan, ichkilikka ruju qo‘yayotgan, giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan va ichki ishlar organlarida profilaktik ro‘yxatda turadigan shaxslarni tibbiyot muassasalarida ko‘rikdan o‘tkazish, ularning turmush tarzi hamda xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha profilaktik tadbirlar ham o‘tkazildi.

Profilaktika kuni munosabati bilan Toshkentning Yakkasaroy tumani hududida ham keng miqyosli tadbirlar o‘tkazildi. Jami to‘qqiz yo‘nalishda o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda tuman IIB xodimlari bilan birga tuman hokimligi, prokuratura, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ham faol ishtirok etdi.

Tuman hududidagi 89-umumta’lim maktabi, Yengil sanoat kasb-hunar kolleji va boshqa ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan "Davomat" tadbirida o‘quvchilarning dars­larga qatnashishi ko‘zdan kechirildi. Taassufki, barcha ta’lim muassasalarida ham ishlar qoniqarli ahvolda, deb bo‘lmaydi. Ba’zi sinflarda o‘quvchilarning darslarga sababsiz kelmasligi, kiyinish madaniyatiga amal qilmaslik, mashg’ulot paytida uyali aloqa vositalaridan foydalanish holatlarining uchragani nazoratni yanada kuchaytirish lozimligini anglatadi.

— Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad qaysidir o‘quvchini sinfdoshlari oldida izza qilish yoki mas’­uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan o‘qituvchini tanqid qilish emas, aksincha, huquqbuzarliklarning oldini olishdir, — deydi tuman IIB HOOB boshlig‘i, podpolkovnik Sh. Matanov. — Negaki, farzandlarimiz – bizning kelajagimiz. Shuning uchun ham ular aslo nazoratdan chetda qolib, yomon yo‘lga kirmasin.

144-umumta’lim maktabida tashkil qilingan yig‘ilish yaqin vaqt oralig‘ida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlandi. Meros va Muqimiy nomidagi mahallalar ahli qatnashgan tadbirda yaqinda mahalla hududida ro‘y bergan qo‘shmachilik, o‘g‘rilik, firibgarlik kabi jinoyatlarning yuzaga kelish sabablari haqida so‘z yuritildi. Bu kabi jinoyatlar sodir etilmasligi uchun o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi, har kim "o‘z uyingni, o‘z mahallangni o‘zing asra" qoidasiga amal qilib yashashi kerakligi uqtirildi. O‘z navbatida, mahalla ahli o‘zlarini qiynayotgan muammolar haqida murojaat qilishdi, takliflar berishdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: chet elga ish qidirib ketgan fuqarolarni qaytarish ishlari talab darajasida emas
Jinoyatlar muhokamasi tumanning Bosh­liq va Armug‘on mahallalarida ham bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi S. Mahmetov, tuman prokurori vazifasini bajaruvchi I. Aydusov, IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, podpolkovnik F. Haydarov jinoyatlarning yuzaga kelish sabablari, omillari haqida keng tushuncha berish barobarida, aholining ko‘plab savollariga javob berishdi.

Shuningdek, profilaktika kuni munosabati bilan shu kuni tumanning Tepa va Yunus Rajabiy nomidagi mahallalarida sayyor sud muhokamasi o‘tkazildi. Yo‘l-pat­rul xizmati xodimlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi profilaktikasi bo‘yicha hududlarda reydlar o‘tkazilib, 70 ta qoidabuzarlik aniqlandi, qator salbiy holatlarning oldi olindi. Transport vositalarini ta’mirlash ustaxonalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Yong‘in xavfsizligi, pasport-viza tartibotini ta’minlash, internet-kafe va tungi klublar faoliyatini tartibga solish yuzasidan mahallalarda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda ham ko‘plab kamchilik­lar qayd etildi, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi, deyiladi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati axborotida.

Yangiliklar lentasi
0