Siyosat

Putin nega Tojikistonga borib, Oʻzbekistonga "kirib" oʻtmadi?

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻistonlik siyosatshunos Doniyor Ashibayev Rossiya prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari boʻylab turnesiga izoh berdi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Vladimir Putinning bu galgi safaridan bosh maqsad — Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari qanday formada ekanliklarini baho berishdir, deya fikr bildirdi siyosatshunos qozogʻistonlik Doniyor Ashibayev

Ilgariroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozogʻiston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan dushanba kuni Olma-Otada rasmiy uchrashuv oʻtkazishi va shundan soʻng Putin Tojikiston va Qirgʻizistonga safar uyushtirishi haqida aytib oʻtgan edik.

Putinning Oʻzbekistonga safari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Putin uchrashuvi aprel oyiga belgilandi
Qozogʻistonlik siyosatshunos Doniyor Ashibayev Rossiya prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari boʻylab turnesiga quyidagicha izoh berdi: "Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, eng avvalo Qozogʻiston prezidenti Vladimir Putin bilan oʻzlarining baʼzi vazirlaridan koʻra koʻproq muloqotda boʻladilar. Ularning muloqoti, tabiiyki iqtisodiy, harbiy va hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarini hisobga olgan holda kechadi. Shu bois bu galgi uchrashuvlardan global oʻzgarishlarni kutish kerakmas.

Putinning Oʻzbekiston prezidenti bilan boʻladigan uchrashuvi esa tamomila boshqa masala. Bu Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qanday formada ekanliklarini tekshirish uchun tekshiruv boʻladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Nega desangiz, qayerdadir prezidentlik saylovlari kutilmoqda, yana qayerdadir hokimiyatga tranzit qilish bilan tugashi mumkin boʻlgan (Qozogʻistondagi kabi) siyosiy islohotlar. Shu bois Rossiya rahbari maʼlumot olish uchun safarga chiqdi, deb aytsak ham boʻladi", — deya fikr bildirdi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader