Dunyoda

Putin tojik-afgʻon chegarasini mustahkamlashni buyurdi

© Sputnik / Xushnud Raxmatullayev / Fotobankka oʻtishTojik-afgʻon chegarasi
Tojik-afgʻon chegarasi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Tojikiston va Afgʻoniston chegarasini mustahkamlashga koʻrsatma berdi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Vladimir Putin tojik-afgʻon chegarasini mustahkamlash boʻyicha koʻrsatma berdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Rossiyaning birinchi vitse-premyeri Igor Shuvalov.

RF prezidenti V. Putinning Tojikistonga rasmiy tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada tojikistonliklar uchun imtiyozlar bisyor, dedi Putin Rahmonga
"Tojikiston prezidenti Tojikiston va Afgʻoniston chegarasidagi uchastkaning mustahkamlanishi haqida batafsil soʻzladi. Va bizning prezidentimiz tegishli koʻrsatmani berdi. Endilikda biz uni bajaramiz", — degan Shuvalov Putin va Emomali Rahmon oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasi haqida gapirar ekan.

Rossiya prezidenti dushanba kuni Moskva va Dushanbe tojik-afgʻon chegarasini himoyalash uchun amalga oshirilayotgan harakatlarni yanada faollashtirish xususida kelishib olishgani haqida xabar qilgan edi. Buning uchun Tojikistondagi Rossiyaning 201-harbiy bazasi jalb etilishi taʼkidlandi, deb yozadi RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader