TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston rahbari Emomali Rahmonga Rossiyada Tojikiston fuqarolari uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilayotgani haqida aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Rossiyada mehnat qilib, oʻz vataniga pul joʻnatmalarini amalga oshirayotgan migrantlar ham Tojikiston iqtisodiyoti uchun jiddiy koʻmak boʻlib xizmat qilmoqda. Ularning soni bizning hisobimiz boʻyicha 876 ming nafarni tashkil qiladi. Birgina oʻtgan yilning oʻzida bunday joʻnatmalar miqdori 1,9 milliard dollarni tashkil qilgan, bu esa Tojikiston YAIMining uchdan bir qismi deganidir. Taʼkidlab oʻtamanki, Tojikiston fuqarolari uchun Rossiyada imkon qadar imtiyozlar taqdim etilmoqda: ular roʻyxatda turmasdan Rossiyada 15 kun boʻla oladilar, mehnat qilish huquqini beruvchi patentni esa birdaniga uch yillik qilib rasmiylashtirishlari mumkin", — dedi Putin.
Tojikiston fuqarolarini munosib hayot va mehnat shaoitlari bilan taʼminlash, ularni ijtimoiy himoya va tibbiy yordam bilan kafolatlash uchun barcha lozim choralar koʻrilyapti. Mana bugun ikki tomonlama imzolangan kelishuv ham mana shu yoʻnalishga qaratilgan", — deb qoʻshimcha qilgan Rossiya prezidenti.