Toshkent viloyati hayvonlar tishlashi holati bo‘yicha 1-o‘rinda ko‘rsatildi

© Sputnik / Vitaliy Zalesskiy / Mediabankka o‘tishJahldor it
Jahldor it - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keyingi o‘rinlarda Surxondaryo (6594), Buxoro (5688) viloyatlari va Toshkent (5252) joylashgan. Eng kam shunday holat – Navoiy viloyatida qayd etilgan (2708)

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekistonda fevraldagi quturish kasalligi bilan kurash oyligi davomida 67,4 ming it emlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda profilaktik emlashdan o‘tkazilgan 1,4 million uyda saqlanadigan it va mushuklar ro‘yxatga olingan.

2011-2016 yillarda daydi hayvonlar tomonidan tishlashlar miqdori keskin ortgan – 49,47 mingdan 59,67 ming kishigacha, buning oqibatida quturishga qarshi emlashga ajratiladigan mablag‘lar hajmi 1,1 mlrd.dan 7 mlrd. so‘mgacha oshirilgan.

Eng ko‘p hayvonlarning tishlashi holati Toshkent viloyati aholisi bilan sodir bo‘lgan, bu yerda 8059ta hodisa qayd etilgan.

Keyingi o‘rinlarda Surxondaryo (6594), Buxoro (5688) viloyatlari va Toshkent (5252) joylashgan. Eng kam shunday holat – Navoiy viloyatida qayd etilgan (2708).

Quturgan it - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda quturish kasalligiga qarshi profilaktika o‘tkazilmoqda
Hayvonlar tomonidan tishlash holatlarining 87,2 % yoki 51,95 mingtasi itlar hamda 6,8 %i mushuklarga to‘g‘ri keladi.

Hodisalarning bir qismi boshqa uy hayvonlari, kemiruvchilar va yovvoyi hayvonlar bilan sodir bo‘lgan.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida it saqlash qoidalarini buzgan 145 nafar fuqarolarga ma’muriy bayonnomalar tuzilib, qoidabuzarlik ishlari sudga oshirilgan hamda 7,12 mln so‘m miqdorida jarima undirilgan.

Oy davomida 266,47 mingta xonadonlar uyma-uy yurish orqali o‘rganib chiqildi, shu bilan bir qatorda, 2940ta ta’lim muassasalarida hamda 4783ta tashkilot va muassasalarda mavzuga oid darslar va seminarlar tashkil etildi. Quturish mavzusiga oid 38ta tele hamda 197ta radiodastur efirga uzatildi.

Yangiliklar lentasi
0