Dunyoda

Putin: Bishkekka harbiy bazamiz kerak boʻlmay qolgan kuni biz chiqib ketamiz

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishRossiya harbiy xizmatchilari
Rossiya harbiy xizmatchilari - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston hududida joylashtirilgan Rossiya harbiy bazasi mamlakat xavfsizligini taʼminlaydi. Agar bunga hojat qolmasa, Rossiya harbiylari shu zahotiyoq bu mamlakatni tark etadilar, degan Putin

TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Rossiya va Qirgʻiziston harbiy hamda harbiy texnik hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirgʻizistonlik hamkasbi Almazbek Atambayev bilan boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng.

RF prezidenti V. Putinning Qirgʻizistonga safari - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻizistonda endi inqiloblar boʻlmaydi, dedi Atambayev
Putin va Atambayev ishtirokida oʻtkazilgan matbuot-anjumani vaqtida jurnalistlar tomonidan Rossiya harbiy bazasi kuchaytirilishi haqidagi masala koʻrib chiqiladimi, deya savol bergan.

"Baza haqidagi masala koʻrib chiqilgani yoʻq. Gap Qirgʻiziston Qurolli kuchlarini kuchaytirish, qurol va aslahalar yetkazib berishni faollashtirish haqida bordi. Rossiya bizga armiyamizni mustahkamlashga yordam bermoqchi", — deb javob qaytargan Atambayev.

Jurnalistning savoliga Rossiya prezidenti ham javob bergan.

"Agar Qirgʻiziston bizlarning bazamiz kerak boʻlmay qolgan darajada oʻz Qurolli kuchlarini mustahkamlab olganini aytsa, bazamiz bu yerdan ketadi. Bizning bu bazada katta ehtiyojimiz yoʻq", — deb taʼkidlagan Putin.

Rossiya yetakchisi Qirgʻizistonda Rossiyaning "Kant" aviabazasi qaysi maqsadda tashkil etilganligini ham eslatib oʻtgan.

"Mamlakat 1999-2000 yillarda terrorchilar hujumiga duch kelganida, oʻsha vaqtdagi hukumat rahbarlari mendan zudlik bilan harbiy kontingentni va birinchi navbatda aviatsiyani joylashtirishimni iltimos qilishgan edi", — deb taʼkidlagan Putin.

Putin obʼyektning birinchi galdagi vazifasi — mintaqada tinchlikni taʼminlash ekanini aytib oʻtdi, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader