Sport

Lola Karimova oʻzbekistonlik polvonlarga zafarlar tiladi

© Facebook Lola Karimova-Tillyayeva
Lola Karimova-Tillyayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Navbatdagi sport festivalida ishtirok etib, Vatanimiz sharafini himoya qilish uchun sportchilarimiz Sergey Trubitsin, Xamza Primov va Shuhrat Alixonovlar kuch ekstrimi, Olesya Gureyeva esa masrestling boʻyicha kuch sinashishga tayyorgarlik koʻrmoqdalar

TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Lola Karimova-Tillayeva Feysbukdagi sahifasida AQShda boʻlib oʻtadigan musobaqada ishtirok etish uchun tayyorgarlik koʻrayotgan oʻzbekistonlik polvonlarga tilak bildirdi. 

"2-5 mart kunlari oʻzbekistonlik sporchilarimiz har yil AQShning Ogayo shtatida boʻlib oʻtadigan mashhur "Arnold Sports Festival" sport musobaqasida ishtirok etadilar.

Lola Islamovna Karimova-Tillayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Lola Karimova navbatdagi postini Usmon Nosirga bagʻishladi
AQShning eng yirik sport festivallaridan biri sanalib, shaxsan Arnold Shvartsenegger tomonidan bevosita qoʻllab quvvatlanib kelayotgan mazkur bellashuv dunyo atletlari orasida katta obroʻga ega. "Arnold Sports" festivalida minglab kuchli polvonlar ishtirok etib, turli xil sport yoʻnalishlari, asosan, kuch ekstrimi va bodibildingda kuch sinashadilar.

Bizning sportchilarimiz ilk marotaba ushbu musobaqalarda 2015 yilda masrestling boʻyicha ishtirok etganlar. 2016 yilda esa oʻzbekistonlik polvonlar "Arnold Strongman" musobaqalarida qatnashib, yarim final saralash bosqichiga chiqishga sazovor boʻlganlar.

Navbatdagi sport festivalida ishtirok etib, Vatanimiz sharafini himoya qilish uchun sportchilarimiz Sergey Trubitsin, Xamza Primov va Shuhrat Alixonovlar kuch ekstrimi, Olesya Gureyeva esa masrestling boʻyicha kuch sinashishga tayyorgarlik koʻrmoqdalar.

Polvonlarimizga ushbu musobaqalarda munosib ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishlarini astoydil tilab qolaman!", — deb yozgan Lola Karimova.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala