Madaniyat

Mirziyoyev tashabbusi bilan Abdulla Oripov maktabi tashkil etiladi

Qahramon shoirning haykali Qarshi shahridagi Oʻzbekiston koʻchasida bunyod etiladi. Bu yoshlar uchun faxr va gʻurur timsoli, maʼnaviy tarbiya manbai boʻlib xizmat qiladi

TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oddiy xalq turmushi, viloyat hayoti bilan tanishish maqsadida 24-25 fevral kunlari Qashqadaryoga safar qilgan edi.

Ushbu safari davomida Mirziyoyev Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali, Abul-Muʼiyn Nasafiy ziyoratgohi rekonstruktsiyasi loyihalari bilan tanishdi.

Abdulla Oripov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Bu yil dillar vidolarda kuyib oʻtdi" - Usmon Azim Abdulla Oripov xotirasiga marsiya yozdi
Abdulla Oripov oʻzbek adabiyotini yangi bosqichga koʻtargan nodir isteʼdod sohibi edi. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy sheʼrlari xalqimiz koʻnglidan chuqur joy olgan. Dramatik va publitsistik asarlari, doston va tarjimalari adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa boʻlib qoʻshilgan.

Abdulla Oripov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi sifatida xalqimiz qalbida mangu yashaydi. Qahramon shoirimizning haykali Qarshi shahridagi Oʻzbekiston koʻchasida bunyod etiladi. Bu yoshlar uchun faxr va gʻurur timsoli, maʼnaviy tarbiya manbai boʻlib xizmat qiladi.

Mirziyoyev haykal loyihasini takomillashtirish, bu yerda Abdulla Oripov maktabi va muzeyini tashkil etish zarurligini taʼkidladi.

Abul-Muʼiyn Nasafiy XI asrda yashagan, islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan allomalardan biridir. Buyuk bobomizning ilmiy asarlari bugungi kun uchun ham gʻoyat ahamiyatlidir.

Suv inshooti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qashqadaryo qishloq xoʻjaligining "yuragi"ni tiklashga 130 mln dollar sarflanadi
Mirziyoyev bu qadamjoni keng va obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, alloma asarlarini tarjima qilib, xalqimizga yetkazish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib koʻrdi.

Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi, odamlar bilan samimiy muloqotlar voha xalqiga katta xursandchilik bagʻishladi, belgilab berilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar viloyat rivojini yangi bosqichga koʻtaradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader