Siyosat

Putinni Qirgʻizistonda gullar bilan kutib olishdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyRF prezidenti Vladimir Putinning Qirgʻizistonga tashrifi
RF prezidenti Vladimir Putinning Qirgʻizistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirgʻizistonga rasmiy tashrif bilan bordi. "Manas" aeroportida uni Qirgʻiziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov kutib olgan

TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qirgʻiziston rahbari Almazbek Atambayev ikki davlat munosabatlarining barcha jabhalarida muzokara oʻtkazadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Nashr xabariga koʻra, ayni vaqtda "Ola-Archa" davlat qarorgohida ikki yetakchi oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtmoqda.

Tojik-afgʻon chegarasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin tojik-afgʻon chegarasini mustahkamlashni buyurdi
Eslatib oʻtamiz, Putin fevral oyining oxirgi ikki kunida Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.

Birinchi boʻlib Qozogʻistonga uchib kelgan Putin, kuni kecha Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashgan edi.

Tor doirada oʻtkazilgan uchrashuv davomida Atambayev tomonlar oʻzaro munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga qaytarishga muvaffaq boʻlishgani haqida aytgan.

"Sizga maʼlumki, 19 noyabr kuni bizda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtadi. Va men hozirdanoq natijalarni sarhisob qilmoqdaman. Biz ikki tomonlama munosabatlarni strategik sherikchilik darajasiga qaytarishga muvaffaq boʻlganimizdan xursandman. Qardosh xalqlarga xos fazilat bu", — deb aytgan Atambayev.

Putin Atambayevga taklif uchun minnatdorlik bildirgan va ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar taraqqiy topganini qayd etgan.

RF prezidenti Putinning Bishkekka rasmiy tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Almazbek Atambayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi
"Oʻzaro munosabatlarimiz sifat jihatdan yaxshilanishi uchun katta hissa qoʻshdingiz. Aminmanki, gaplashadigan gaplarimiz koʻp va bugungi uchrashuvimiz foydali boʻladi", — degan Putin.

Nashr xabariga koʻra, endilikda ikki yetakchi muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirishadi va shundan soʻng hujjatlar imzolanib, matbuot-anjumani oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader