Dunyoda

Rossiya TIV AQSH kongressini "iqtisodiy qamal" uyushtirganlikda aybladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishRossiya Tashqi ishlar vazirligi binosi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi binosi - Sputnik Oʻzbekiston
"AQSH Kongressidagi Rossiyaning dushmanlari Qoʻshma Shtatlar prezidentiga Moskvaga nisbatan sanktsiyalarni yumshatish imkonini bermaydigan qonun loyihasi orqali iqtisodiy qamalga oʻxshash holatni tashkillashtirishga urinmoqdalar", - deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov

TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Moskva AQSH kongressini Rossiya uchun "iqtisodiy qamal" tayyorlaganlikda aybladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tungi Kreml, Moskva - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya savdolashmaydi - qurolsizlanish va sanktsiyalar orasida aloqa yoʻq
"Kongressdagi dushmanlarimiz munosabatlarimizdagi (Rossiya va AQShni nazarda tutyapti, tahr.) har qanday ijobiy oʻzgarishlarni yanchib tashlashga urinmoqdalar. Joriy yilning yanvar oyida ular tomonidan kiritilgan qonunchilik loyihasi sanktsiyalarni kodlashtirishni nazarda tutadi. Yaʼni Obama joriy qilgan sanktsiyalarni Tramp oʻz xohishi bilan bekor qilmasligi uchun amalga oshirildi bu. Bundan tashqari, cheklovlarni kengaytirish va yanada kuchaytirish taklif qilinmoqda, uchinchi mamlakatlarni shantaj yoʻli bilan bunga amal qilishlarigamajburlashga urinishmoqda. Yaʼni, gapning ochigʻini aytganda, ular Rossiya iqtisodiy qamalini uyushtirishmoqchi", — dedi Ryabkov Rossiya Davlat Dumasida chiqishi davomida.

Siyosatchi shuningdek, muassasada "ushbu holatdan vahima yasamayotgani"ni taʼkidlagan. "Tramp va uning jamoasiga tashqi siyosiy blokdagi ishlarni yoʻlga qoʻyib olishi va eng bosh maqsadlarni belgilab olishi uchun vaqt kerakligini bizlar tushunamiz", — degan u.

Ryabkov shuningdek, Vashingtondan kelayotgan barcha signallarning hammasi Rossiya TIV vakillari tomonidan sinchkovlik bilan tahlil qilinib, qayd etilayotgani va hisobga olinayotganini qoʻshimcha qilgan.

"Biz faqat bajarilayotgan ishlarga qarab baho beramiz", — degan Ryabkov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader