Siyosat

Erdoʻgʻon Rustam Azimovni "Beylerbeyi" saroyida qabul qildi

© Podrobno.UZTurkiya prezidenti Rustam Azimovni qabul qildi
Turkiya prezidenti Rustam Azimovni qabul qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari Rustam Azimov Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon bilan uchrashuv oʻtkazdi

TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon va Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari Rustam Azimov 27 fevral kuni Istanbuldagi "Beylarbeyi" saroyida uchrashishgan.

Turkiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Erdoʻgʻon uchrashuvi: ikki rahbar nimalarga kelishib oldi?
Turkiya rahbari saytida berilgan xabarga koʻra, bir soatcha davom etgan uchrashuvda OAV vakillari ishtirok etishmagan.

Uchrashuvda shuningdek, Turkiya bosh vaziri oʻrinbosari Tugʻrul Turkesh, iqtisodiyot vaziri Nihot Zaybekchi va milliy mudofaa vaziri Fikri Ishiq qatnashgan.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Istanbulda oʻzbek-turk biznes-forumida ishtirok etgan, uning yakunida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar imzolangan.

Forumda chiqish qilgan Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi oʻtgan yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etganini qayd etgan, shu bilan birga bu koʻrsatkich imkoniyatlar darajasidan past etgani taʼkidlangan.

Turkiya tomoni statistik maʼlumotiga koʻra, 2016 yilda Turkiyadan Oʻzbekistonga eksport hajmi 488,5 mln dollardan 533,3 mln dollarga oʻsgan, Oʻzbekistondan Turkiyaga import hajmi esa 711,5 mln dollardan 709,2 mln dollarga pasaygan.

Kun.uz nashri xabariga koʻra, Rustam Azimov oʻz chiqishida, Oʻzbekiston Turkiya bilan neft-kimyo sohasida hamkorlik qilish niyatida ekanini aytib oʻtgan. Azimovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2ta neftni qayta ishlash zavodi faoliyat koʻrsatmoqda va uchinchisini qurish ishlari olib borilmoqda.

"Biz Oʻzbekistonda oltin, kumush va uran kabi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilishimiz mumkin", — deb aytgan bosh vazir oʻrinbosari.

Temir va avtomobil yoʻllari qurilishi loyihalari ham hamkorlikning yana bir yoʻnalishi boʻlishi mumkin, deya qoʻshimcha qildi u.

Rustam Azimov Turkiya Oʻzbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi mamlakat boʻlganini eslab oʻtgan va "Oʻzbekiston xalqi buni hech qachon unutmaydi", deb aytgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala