Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

Ukraina va Oʻzbekiston oʻrtasida samolyot qatnovi shu yil yozda yoʻlga qoʻyilishi mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishAirbus A320 samolyoti
Airbus A320 samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston tomon yaqin muddatda Ukrainaga aviatashuvlarni yoʻlga qoʻyishga tayyor. Parvozlar chastotasi hozircha haftasiga bir kunni tashkil etilishi Toshkentga maʼqul kelmoqda. Keyinchalik reyslar soni koʻpaytirilishi mumkin

TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Ukraina va Oʻzbekiston Kiyev va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviatashuvlarni yangilash yuzasidan muzokaralarni davom ettirishmoqda, deb xabar qildi Ukraina diplomatik missiyasi rahbari Yuriy Savchenko Sputnik Oʻzbekiston nashriga.

AeroSvit - Ukraina aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Ukraina "Toshkent – Kiyev" aviaqatnovini qayta tiklash tarafdori
Savchenkoning soʻzlariga koʻra, bu masala oʻtgan yilning dekabr oyida ikki davlat rahbarlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan telefon muloqoti davomida koʻtarilgan. Natijada barcha tegishli davlat tuzilmalariga barcha ikir-chikirlarni ishlab chiqish topshirigʻi berilgan.

Oʻzbekistonga yaqinda Ukraina davlat aviaxizmati delegatsiyasi hamda "Ukraina xalqaro avialiniyalari" vakillari tashrif buyurishgan edi. Ular Oʻzbekistonning tegishli davlat xizmatlari va "Oʻzbekiston Havo yoʻllari" aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv natijasini yarimijobiy deb atash mumkin: ikkala aviakompaniya ham ikki davlat poytaxtlari oʻrtasida aviaparvozlarni qayta tiklashga tayyor ekanliklari va bu zarurligini qayd etishdi, ammo bu yerda reyslar chastotasi muammo boʻlib turibdi", — deya taʼkidladi ukrainalik diplomat.

Oʻzbekiston tomon yaqin muddatda Ukrainaga aviatashuvlarni yoʻlga qoʻyishga tayyor. Parvozlar chastotasi hozircha haftasiga bir kunni tashkil etilishi Toshkentga maʼqul kelmoqda. Keyinchalik reyslar soni koʻpaytirilishi mumkin.

Boshqa bir tomondan esa Ukraina aviakompaniyasi haftasiga ikki marta reyslarni amalga oshirishga tayyor. Nega deganda, ularning fikricha faqat shundagina bu parvozlar iqtisodiy tomondan foyda keltirib, oʻzini oqlashi mumkin.

"Men yana shuni aytmoqchimanki, "Ukraina xalqaro avialiniyalari" haftasiga yana ikki-uchta qoʻshimcha reyslarni ochishga va Samarqand, hamda Fargʻona vodiysiga parvozlarni amalga oshirishga tayyor. Ammo Oʻzbekiston avialiniyalari oʻzining toʻridan-toʻgʻri reyslarida yoʻlovchilar kamayib ketishidan havotir olmoqda. Qisqasi, tomonlar reyslarni ochish kerak, degan toʻxtamga kelganlar, ammo barcha shartlar xususida kelgusi — mart oyida boʻlib oʻtadigan uchrashuvda kelishib olish rejalashtirilmoqda. Umid qilamanki, kelayotgan yoz mavsumida bu yoʻnalishda biror natijaga erishamiz", — dedi Yuriy Savchenko.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala