Mahbuslarga da’vatchilik qilgan o‘zbekistonlik 30-yilga yaqin qamoqda o‘tiradi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishKamera zaklyucheniya
Kamera zaklyucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tambov viloyatida jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi koloniyada mahbuslarni "Islom davlati" safiga kirishga da’vat qilgan

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Tambov viloyatidagi jazo muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi mahbuslarni "Islom davlati" terrorchilik tashkilotiga qo‘shilishga da’vat qilgani uchun sud hukmi bilan 29-yilu 10 oyga ozodlikdan mahrum etildi, deb yozadi RIA Novosti.

FXX (Federal xavfsizlik xizmati)ning ma’lum qilishicha, 1989-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi G‘.Otaxonov 17 yoshidan boshlab "Tablig‘i jamoat" xalqaro diniy tashkiloti a’zolari bilan aloqada bo‘lgan.

U 2011-yilda o‘z vatanida jinoiy javobgarlikdan qochib Moskva viloyatida yashay boshlagan. FXX boshqarmasining xabariga ko‘ra, Otaxonov Rossiya hududida faoliyati taqiqlangan "Tablig‘i jamoat" tashkilotining Moskvadagi shoxobchasi tarkibiga kirgan.

"U boshqa a’zolar bilan birgalikda IDga sodiqlik haqida qasamod qilgan. Uning zimmasiga Rossiya Federatsiyasi hududida, jumladan, Tambov viloyatida soxta pullarni muomalaga kiritish va tushgan mablag‘ni IShIDni moliyalashtirishga sarflash vazifasi yuklatilgan", — deyiladi xabarda.

2013 yil yanvarida Otaxonov Vladimir viloyatida qo‘lga olingan va "soxta pul yoki qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash, saqlash, tashish yoki muomalaga kiritish" hamda "soxta hujjatlardan foydalanish" moddalari bo‘yicha uch yilga umumiy tartibdagi koloniyada jazoni o‘tashga hukm qilingan.

2014 yilda u Tambovdagi tuman sudi tomonidan yana soxta pul tayyorlash, saqlash va tarqatishda aybdor deb topilgan hamda to‘rt yilga umumiy tartibdagi koloniyada jazo o‘tash hukmi chiqarilgan.

Qamoqdagi shaxs - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ID da’vatchisi 8-yilga qamaldi

"Tambov viloyatidagi jazoni o‘tash muassasasida jazo o‘tayotgan bu shaxs tojikistonlik mahbuslar bilan tanishgan va ularni IShID safida jangovar harakatlarda ishtirok etishga da’vat qilib g‘oyaviy targ‘ibot olib borgan. U Suriya va Iroqda jang qilayotgan shaxslar haqidagi videoroliklarni namoyish qilish orqali kameradoshlarini "dinsizlarga qarshi urush qilish", dunyoviy xalifalik o‘rnatishga ishontirgan", — deb xabar beradi FXX.

Kuch tizimidagilarning ma’lum qilishicha, Otaxonov tojikistonlik uch fuqaroga IDga sodiqlik haqida qasam ichishni taklif qilgan, ular ozodlikka chiqishidan avval qayerga borishlarini, Suriyaga ketish uchun kim yordam berishi mumkinligini tushuntirgan.

Tojikiston maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda ular qo‘lga olingan, 2016-yil fevralida esa FXX Otaxonovga nisbatan "terrorchilik faoliyatida ishtirok etish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.

"Moskva okrug harbiy sudi tomonidan G‘.Otaxonov aybdor deb topildi… u olti yilga ozodlikdan mahrum qilindi… jinoyatlar majmuiga ko‘ra Otaxonov 29-yilu 10 oyga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni qat’iy rejimdagi koloniyada o‘tash belgilandi", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0