OAV: ID rahbari vidolashuv nutqini yo‘lladi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishIShID bayrog‘i
IShID bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Mosulning g‘arbiy qismida bo‘lib turgan ID yetakchilari shahardan qochishayotgani haqida xabarlar tarqalgandi

TOShKENT, 1 mar — RIA Novosti. "Islom davlati" terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z nutqida IDning yaqinda bo‘lib o‘tgan janglardagi mag‘lubiyatini tan oldi, deb xabar berdi RIA Novosti Alsumaria telekanaliga asoslanib.

Mosul yaqinidagi janglar - Sputnik O‘zbekiston
Iroq qo‘shinlari bir necha soatdan keyin Mosulga kirishadi

"Al-Bag‘dodiy o‘z nutqini vidolashuv nutqi deb atadi hamda guruh bilan nimalar sodir bo‘layotganini aytdi. Guruh a’zolari Naynavo va Iroqning boshqa hududlaridagi mag‘lubiyatlar haqida gapira boshlashdi", — degan telekanal manbasi.

Ilgariroq Mosulning g‘arbiy qismida bo‘lib turgan ID yetakchilari shahardan qochishayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Iroqning Mosul shahrini ozod qilish operatsiyasi 2016-yil oktabrida boshlangan. Shaharning sharqiy qismi jangarilardan tozalangan. Fevral o‘rtalarida Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy shaharning g‘arbiy qismini ozod qilish operatsiyasi boshlanganini ma’lum qildi. 24-fevral kuni Iroq hukumat qo‘shinlari harbiy bazani qo‘lga kiritishdi va shahar g‘arbidagi aholi mavzelariga kirib kelishdi.

Yangiliklar lentasi
0