Jamiyat

Oʻzbekiston Turkiyani neftni qayta ishlovchi zavod qurishga chaqirdi

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Rustam Azimov Toshkent Anqara bilan iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytirishni istashini bildirdi

TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosarining fikricha, Oʻzbekiston Turkiya bilan neft-kimyo sohasida, shuningdek, oltin, kumush va uran kabi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilishi mumkin. U bu haqda Istanbulda oʻtkazilgan Turkiya-Oʻzbekiston biznes-forumida maʼlum qildi, deb xabar berdi "Anadolu" agentligi.

Turkiya prezidenti Rustam Azimovni qabul qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Erdoʻgʻon Rustam Azimovni "Beylerbeyi" saroyida qabul qildi

"Ayni vaqtda Oʻzbekiston hududida ikkita neftni qayta ishlash zavodi faoliyat olib bormoqda. Biz uchinchi zavodni ham qurmoqchimiz. Mazkur loyihani amalga oshirishga Turkiya tomoni ham jalb etilishi mumkin, deb hisoblaymiz", — dedi Azimov.

Bundan tashqari, bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston ikki mamlakat savdo-iqtisodiy hamkorligida yangi sahifa ochishga tayyorligini maʼlum qildi. Gap, xususan, investitsiyalarni oshirish va transport infratuzilmasini kengaytirish haqida bormoqda. Azimov Turkiya Oʻzbekistonning mustaqilligini birinchi boʻlib tan olgan davlat ekanligini va oʻzbek xalqi buni hech qachon unutmasligini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala