O‘zbekistonga 2017-yilda 4,5 mlrd dollarlik xorijiy sarmoya kiritiladi

Obuna bo‘lish
Investitsiya dasturi doirasida Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh elektrostansiyasi qurishni boshlaydi

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekiston 2017-yilda 199 loyiha bo‘yicha 4,505 milliard dollar hajmidagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil uchun tasdiqlangan Investitsiya dasturiga asoslanib.

Hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobiga 79 loyiha bo‘yicha 1,854 milliard dollar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga 120 loyiha bo‘yicha 2,65 milliard dollar o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.

Xorijiy investitsiyalarning katta qismi — 37 loyiha bo‘yicha 2,47 milliard dollar yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Xorij kompaniyalari neft-gaz sohasidagi 20 loyiha bo‘yicha 1,97 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritishi mo‘ljallangan.

Lukoyl neft zavodi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiya investitsiyalari uchun ochiq

Xususan, 2017-yilda "Lukoyl" umumiy qiymati 8 milliard dollardan ortiq bo‘lgan ikkita MTBni amalga oshirish uchun 1,217 milliard dollar kiritadi, Gas Project Development Central Asia (GPD, Gazprom International sho‘’basi) esa umumiy qiymati 1,3 milliard dollarga yaqin bo‘lgan ikki loyiha — Usturt va Surxondaryo viloyatida gaz konlarini ishga tushirishga kirishadi. 2017-yilga rejalashtirilgan investitsiya hajmi 160 million dollarni tashkil etadi.

Xalqaro moliya institutlarining xorijiy kreditlari hisobiga energetika sohasida 17 loyiha bo‘yicha 506,7 million dollar o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd kompaniyalari umumiy qiymati 1,5 milliard dollarga yaqin bo‘lgan ikki loyiha — Namangan viloyatida quvvati 900 MVt bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi va Navoiy IESda quvvati 450 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasini o‘rnatishga kirishadi. Shuningdek, Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh elektrostansiyasi qurishni boshlaydi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2016-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi 11,3%ga o‘sgan va 3,7 milliard dollardan oshgan. Shu tarzda, 2017-yilda bu ko‘rsatkichning o‘sishi 21,6%ni tashkil etishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0